O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- (M/P) s = M*/P*
26.6. Pul bozorida muvozanat
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P) s darajasida qayd qilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko‘rsatadi. (M/P) s = M*/P* Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi. 26.1- rasm real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi. Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng, (9.2- rasm). O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling