O‘zbеkiston rеspublikаsi
Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
27.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig‘imlar amalda bo‘lgan bo‘lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2017 –yilga kelib esa 10 tagacha qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo‘shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig‘iga obodonlashtirish yig‘imi qo‘shib yuborilgan bo‘lsa, 2006 yilda ekologiya solig‘i mutlaq bekor qilindi. 2000-2017 yillarda foyda solig‘i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi, Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobudjet davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan yagona yo‘l jamg‘armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar ham qo‘shib yuborildi. Yagona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2012 yilda esa 5 % gacha pasaytirildi. Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi. Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % bo‘lgan bo‘lsa 2005 yilda 22,5 % ni 2017 yilda 19,9 % ni tashkil etdi (27.4-jadval). 344 Bizga ma’lumki Yagona yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armas, Pensiya jamg‘armasi va Bandlilikka ko‘maklashish jamg‘armasini o‘z ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‘lovlar ham soliq mazmuniga ega bo‘lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‘tarilishiga, raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‘armalarini ham qo‘shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017 yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha pasaytirildi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling