Qisqа хulosаlаr
Davlat budjeti- mamlakat hukumatiga davlatning iqtisodiy funksiyalarini
bajarish imkonini beruvchi assoiy moliyaviy manba bo‘lib uning xarajatlari tarkibini
optimallashtirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va ijtimoiy
himoyaga sarflanadigan mablag‘larning mutlaq miqdori va jami xarajatlardagi
uloushi oshib bormoqda.
Soliqlar majburiy to‘lov bo‘lib fiskal, qayta taqsimlash, rag‘batlantirish va
nazorat funksiyalarini bajaradi.
Barcha soliqlar uch guruhga-to‘g‘ridan-to‘g‘ri, egri soliqlar hamda resurs
to‘lovlari va mulk solig‘iga bo‘linadi.
Respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
soliq
siyosati
iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollntirish, makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy o‘sishda soliqlarning rolini oshirishga qaratilgan.
Soliq islohotlari iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliqlarni unifikatsiya
qilish, soliq stavkalarini pasaytirish, ayniqsa to‘g‘ridan –to‘g‘ri soliqlarning
stavkalarini pasaytirish, soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini kuchaytirish
yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Davlat budjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o‘ting.
2.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ixarajatlarida qanday o‘zgarishlar
ro‘y bermoqda?
3.
Soliqlarning funnksiyalariga izoh bering.
4.
O‘zbekiston Respublikasi budjetiga soliq tushumlaring tarkibi va
miqdoridagi tendensiyalarni izohlab bering.
5.
Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan?
6.
Soliq islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib bering.
348
28–bob. BUDJET- SOLIQ SIYOSATI
Do'stlaringiz bilan baham: |