O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ne’matning nafliligi
6.1-rasm. Iste’molchi tanlovning asosiy elementlari Iste’mol nazariyasi ma’lum bir aksiomalarga asoslanadi va ular 6.2-rasmda keltirilgan. Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi. Iste′molchi tanlovi Ne′matlarning nafliligi Iste′molchining daromadi Ne′matlarning narxi Iste′molchining nimani afzal ko`rishi Ne′matlarning aniq kombinatsiyasini tanlash Qaysi ne′matlar majmuasini xarid qilish xususida yakuniy qaror qabul qilish 82 Ne’matning nafliligi - ne’matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste’mol ob’ektidir. Ko‘p hollarda ne’matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki “iste’mol savati” bilan iste’mol qilinadi. Iste’mol nazariyasida: iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat narxi uning miqdoridan bog‘liq emas; iste’molchilar ne’matlar nafligini to‘liq biladi va maksimal naf beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi. 6.2-rasm. Iste’molchi tanlovning asosiy postulatlari Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta’sir qiluvchi Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling