O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko‘ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat
sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo‘lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo‘lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko‘rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne’matlar narxi bilan naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emas. Bu savolga to‘g‘ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya’ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne’matning zaxirasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangandan so‘ng topildi. Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo‘l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin (6.3-rasm). a) suv b) olmos 6.3-rasm. Suv va olmos paradoksi D S P Q P e Q e D S P Q P e Q e 84 Nе'matlarning narxi ularning tabiatdagi yoki istе'molchi ixtiyoridagi zaxirasiga bog‘liq. Nе'matlarning zaxirasi qancha ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat qimmati shuncha past bo‘ladi va ularning narxi shuncha arzon bo‘ladi. Aksincha, ularning zaxirasi qancha kam bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat qimmati shuncha yuqori va narxi shuncha qimmat bo‘ladi. Demak, ne’matning narxi uning umumiy nafliligi bilan emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, nе'matlar narxi ularning chеkli nafliligiga to‘g‘ri, zaxirasiga esa tеskari proporsional bo‘ladi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling