O`zbеkiston rеspublikasi
Download 242 Kb.
|
I. J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lazer nurlarining quvvati………………………………………….12
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI FIZIKA-MATЕMATIKA FAKULTЕTI FIZIKA TA'LIM YO`NALISHI 4-KURS 401-GURUH TALABASI IBRAGIMOV JALOLIDDINNING LAZЕRLAR FIZIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN K U R S I SH I Mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Ilmiy rahbar: Tеrmiz 2022 yil MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………..3 Majburiy optik protseslar.Yorug‘likning kombinatsion va Relecha sochilishi. Ko‘p fotonli jarayonlar……………………..5 Ko‘p fotonli jarayonlar………………………………………….9 Lazer nurlarining quvvati………………………………………….12Xulosalar……………………… ... .. . ..16 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati . 17 KIRISHSpektrning optik qismida ishlatiladigan yoruglik manbalarining nurlanishi kogerent bolmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan va ozaro kogerent bolmagan oqimlardan tashkil topgan boladi. Gaz razryadining yoruglanishi, suniy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uygotilgan lyuminessensiya kogerent bolmagan nurlanishga misol bola oladi. XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yoruglik manbalari yaratilgan bolib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent bolmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bolgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik tolqinlar ozaro kogerent boladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio tolqinlari manbalariga oxshash boladi. Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma xususiyatlarida korinadi. Nurlanishning tola energiyasi bundan istisno boladi, chunki bu energiya kogerent bolmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bogliq boladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan boglangan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yonalishlari boyicha konsentratsiyalanadi. Bazi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 с ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin. Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan yutuqlaridan biri desa boladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916 yilga borib taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bolib, majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi, va nazariy yol bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) korsatadi. 1930 yilda P.Dirak ozi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930 yildan boshlab optik spektroskopiya sohasida koplab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari haqida koplab malumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida ishlatildi. Bu ishlarga S.YE.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham oz hissalarini qoshishdi. 1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi bolib, yoruglik nurining majburiy nurlanish xisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951 yilning yozida, u ozining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida elektromagnit nurlanishni (ultrabinafsha, korinuvchi, infraqizil va radiotolqinlar sohasida) kuchaytirish uslubi uchun avtorlik guvoxnomasini olishga taklif berishgan. Bu takliflarida lazerlarning faol muhitini yaratishning asosiy goyalari bayon etilgan edi. Lekin optik kuchaytirish goyalaridan tashqari , uni amalda bajarish va nixoyat kogerent nurlarning xosil qilish uchun oziga xos teskari boglanishli optik rezonator bolishi kerak edi. Usha yillarda fanning optika bolimida optik soha uchun rezonatorlar oylab topilmagan edi. Kvant elektronikasi yoki lazerlar fizikasining rivojlanishida radiofizikanig bolimi bolgan radiospektroskopiya muhim omil boldi. Uning keskin rivojlanishi 1940 yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar yonalishi atom va molekula spektroskopiyasidan tashqari vaqt va chastotaning, yani ota yuqori chastota (OYUCH) standartlarini yaratilishga bagishlangan edi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida 1950 yillarning boshlarida bir-birlaridan mustaqil ravishda N.G.Basov, A.M.Proxorov (FIAN, Rossiya) va Ch.Tauns (AQSH, Kolumbiya universiteti) tomonidan majburiy nurlanish goyalaridan amalda foydalanib, ammiak molekulasida ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va generator (Mazer) yaratildi . Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission of radiation) - ingliz sozlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni mikrotolqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bolishdi. Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit tolqinning yangi, infraqizil va kozga korinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga yonaltirildi. Dunyoning kop ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) interferometrini qollash goyasi hal qiluvchi omil boldi. Birinchi gazli lazer (Laser light amplification by stimulated emission of radiation yani yoruglikni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 1961 yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil sohada tolqin uzunligi 1,15 mkm bolgan kogerent nurlanish berdi. 1962 yilda geliy-neon lazerlarida kozga korinadigan sohada, 0,63 mkm tolqin uzunlikli, qizil rangli kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliyneon lazeri takominllashib kelinmoqda. Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling