O`zbеkiston rеspublikasi


-MAVZU  NAFAS OLISH ORGANLARINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

13-MAVZU 
NAFAS OLISH ORGANLARINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
1. Nafas olishining ahamiyati. 
2. Gazlar almashinuvi mеxanizmi. 
3. Nafas olish organlarining tuzilishi: 
A) Burun bo`shlig`i va uning funktsiyasi. 
B) Hiqildoq tuzilishi va bolaning rivojlanishi jarayonidagi
uzgarishlar. 
B) Traxеya,uning tuzilishi va funktsiyasi. 
G) Bronxlar va o`pkada gazlar almashinuvi 
4. O`pka hujayralari alviollalarda gazlar almashinuvining yosh 
xususiyatlari. 
5. Nafas olishning boshqarilishi. 
6. Nafas olish gigiyenasi. 
Nafasning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan 
kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. 
Nafas olish jarayonida muhim fizologik prochesslar amalga oshadi. Organizm nafas 
olganda tashqi muhitdagi havo o’pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha 
organ hujayralarni O
2
bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan 
CO
2
gazi qonga o’tib, qon orqali o’pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu 
bilan bir qatorda qabul qilingan O
2
ishtirokida hujayralarda va to’qimalarda oqsil, yog`’, 
uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik 
jarayonlar ya’ni qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish kabilar ana shu energiya hisobiga 
amalga oshadi. 
Bundan tashqari nafas olish organlari turli xil moddalarning hidini sezish hamda 
nutuq talafuzida ham ishtirok etadi. 
Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olishda o’pka 
bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi. 
Ichki yoki to’qimalar aro nafas olishda esa to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gaz 
almashinuvi amalga oshadi. Atmosfera havosi tarkibida 20,9 % O
2
, 0,3 % Co
2
, 79,3% 
N
2
bo’ladi. Boshqa moddalar kam miqdorda bo’ladi. Agar havo tarkibida Co
2
miqdori 
4-5% ga yetsa, odam holsizlanib, yurak urushi tezlashadi, bosh og’riydi, qayt qiladi, 
hatto hushidan ketishi mumkin.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling