O`zbеkiston rеspublikasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Limfa sistemasi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari 
ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa 
kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tomirlari organ va 
to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Kapillyarlardan to'qimalarga o'tgan 
qonning suyuq qismining ortiqchasi to'qimalardan limfa tomirlariga o'tadi. Limfa 
tomirlari kovak venalarga birlashib, o'ng bo'lmachaga quyiladi. 
Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. Yosh bolalarning yuragi 
o`lchami, hajmi, shakli, joylashishi bilan kattalar yuragidan farq qiladi. Bolaning 
birinchi yoshida yurakning bo`lmacha va qorinchalari bir tеkis o`smaydi. 2 yoshdan 
boshlab bir tеkis o`sadi, 10 yoshdan kеyin yurak bo`lmachalari o`sishdan orqada qoladi. 
Balog`atga еtish davrida yurak yana tеz o`sadi. 
Yurak ko`krak qafasi ichida to`sh suyagi orqasida ikkala o`pkaning o`rtasida 
joylashgan bo`lib, qon aylanish sistеmasining markaziy qismi hisoblanib, muskullardan 
tashkil topgan kovak organ. Yangi tug`ilgan bolalalarda yurakning vazni 20-23 g, 4 
yoshda 30 g, 5 yoshda 100 g, 10 yoshda 165-185 g, 15 yoshda 250 g, katta yoshdagi 
erkaklarda 220-300 g, ayollarda esa 180-220 g, bo`ladi. 1 yoshda yurakning vazni yangi 
tug'ilgan chaqaloqnikiga nisbatan ikki marta, 3 yoshda 3 marta, 5 yoshda 4 marta, 10 
yoshda 6 marta, 16 yoshda 11 ortadi. Bu ortish asosan chap qorincha devorining 
qalinlashuvi hisobiga bo'ladi. 
Bolaning yoshi ortishi bilan yurakning hajmi ham ortib boradi: 1 yoshning 
oxirida yurakning hajmi 42 sm
3
, 7 yoshda 90 sm
3
, 14 yoshda 130 sm
3
, katta odamda 280 
sm
3
ni tashkil etadi. 
Yurak devori 3 qavatdan: ichki-endokard, o'rta-muskulli, ya'ni miokard va tashqi 
perikarddan iborat. Yurak 4 kameradan tashkil topgan bo'lib, o'ng va chap bo'lmalar 
hamda o'ng va chap qorinchalardan iborat. Yurakda 4 ta klapan bo'lib, chap bo'lma bilan 
chap qorincha o'rtasida 2 tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida 3 
tavaqali klapan, char qorincha bilan aorta o'rtasida, o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi 
o'rtasida yarim oysimon klapanlar joylashgan bo'ladi. Ular orqali qon faqat bir tomonga 
harakatlanadi. Yurak kameralari orqali 1 minutda katta odamda 5 litr qon o'tadi.
Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya 
qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va 
qorinchalarining devorlaridagi muskullarning ritmik ravishda qisqarishi va kengayishi 
orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalarning qisqarishi sistola, kengayishi 
diastola deyiladi. Yurakning bo'lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-
bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Sistola 0,3 sek, diastola 0,5 sek davom 
etadi. Katta odam yuragi tinch holatda 1 minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Har 
bir ish sikliga 0,8 sek sarflanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling