O`zbеkiston rеspublikasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Qon quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda, og'ir kasalliklarda 
bemorni davolash uchun qon quyiladi. Bunda birinchi gruppa qonni to'rtta gruppaga 
ham quyish mumkin. Ikkinchi gruppa qonli odamlar ikkinchi va to'rtinchi gruppa qonli 
odamlarga, uchinchi gruppa uchinchi va to'rtinchi gruppaga, to'rtinchi gruppa faqat shu 
gruppa qonli odamlarga qon berish mumkin. O'zi hamma gruppadan qon oladi.
Bemorga qon quyish o'ta ma'suliyatli ish hisoblanadi. Agar bemor qon gruppasiga 
to'g'ri kelmaydigan qon quyilsa, donor qonining eritrositlari bilan bemor qonining 
eritrositlari bir-biriga yopishib qoladi, ya'ni agglyutinasiya hodisasi ro'y beradi. Bunda 
bemorning ahvoli og'irlashib rangi oqaradi, lablari ko'karib, tanasi sovib qaltiraydi.
Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. Qon 
aylanish sistemasiga yurak, arteriya, vena va kapillyar hamda limfa tomirlari kiradi.
Yurakning avtomik qisqarib-kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va 
kapilliyarlar orqali tananing hamma to'qima va hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda 
o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Qon aylanish sistemasining 
faoliyati tufayli barcha to'qima va hujayralarga oziq moddalar, kislorod, gormonlar, 
mineral tuzlar boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan 
qoldiq moddalar va karbonat angidrid ayirish organlariga yetkaziladi, Shuning uchun bu 
sistema «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi. 
Qon aylanishining umumiy sxemasi. Qon aylansh sistemasi 2 ta, katta va kichik 
qon aylanish doirasidan iborat.
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta 
arteriya qon tomiri-aortadan boshlanadi. Aortadan chiqadigan arteriya qon tomirlari o'z 
navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'linadi. 
To'qimalar va hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayoni ana shu kapillyarlar orqali 
amalga oshadi, ya'ni kapillyarlardagi qon tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, 
kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo'lgan qoldiq moddalar, karbonat angidrid vena kapillyarlariga, undan kichik, o'rta, 
yirik vena qon tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o'ng qorinchasidan chiqadigan o'pka 
arteriyasidan boshlanadi. O'pka arteriyasi ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga 
boradi. O'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari bilan gazlar 
almashinuvini amalga oshiradi. Vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yinib, arterial 
qonga aylanadi, o'pka venasi orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Yangi tug'ilgan 
bolada to'liq qon aylanishi 12 sek da, 3 yoshda 15 sek da, 14 yoshda 18 sek da, katta 
odamda 22 sek da sodir bo'ladi. 


90 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling