O`zbеkiston rеspublikasi


Yuqumli kasalliklar haqida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

 
Yuqumli kasalliklar haqida 
Inson organizmida uchraydigan ko'plab kasalliklarning kelib chiqishi 
sabablaridan biri kasallik tarqatuvchi mikroblardir. Ular organizmga kirib olgach 
infeksion jarayon boshlanadi. Bu jarayonning kuchayishiga atrof-muhit sharoiti sezilarli 
ta'sir ko'rsatadi. Infeksion jarayon kasallikning klinik belgilari rivojining bo'lmasdan 
yoki aksincha yuqumli kasalikning kuchayishi bilan o'tishi mumkin. Infeksion 
(yuqumli) kasaliklar odam organizmiga turli mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar
zamburug' sporalari, sodda hayvonlar) kirib olishi bilan bog'liq. Ularning umumiy 
xususiyati kasal odamdan sog'lom odamga yuqishi hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi 
manba kasal odam, sog'aya boshlagan bemor, (hali ular mikroblarni tarqatayotgan 
bo'ladi) yoki sog'lom odam bo'lishi mumkin-ular virus yoki bakteriya tashuvchi deyladi. 
Yuqumli kasaliklar hayvonlar orqali yuqish mumkin (m-n: itlar quturishi, 
qoramollar 
kuydirgini, 
kemiruvchilar 
o'lat, 
vabo, 
tulyarsmiyani, 
tashiydi). 
Qo'zg'atuchilar bevosita aloqa bo'lganda ham o'tadi, m-n bemor foydalangan narsa, suv, 
ovqat orqali, havo-tomchi orqali; yo'talganda, aksa urganda gapirganda tupuk 
sachraganda (gripp, qizamiq, bo'g'ma), hasharotlar orqali(ensefalit, bezgak) va boshqa 
yo'llar orqali yuqishi mumkin.
Ayniqsa, keyingi davrda OITS kasalligi keng tarqaldiki, bu juda xafli holatni 
yuzaga keltirishi mumkin. OITS virusi 1981 yilda AQShda topilgan. Aslida bu kasallik 


109 
1960 yillarda Afrikada paydo bo'lib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. OITS 
virusi qonga kirib olgach, insonda turli infeksiyalarga qarshi kurashadigan T-limfositlari 
ichiga kiradi va uni halok qiladi. OITS virusi 80% holda jinsiy aloqada, 15% qonda 
tozalanmagan igna orqali (narkomaniyada), 3% qon orqali yuqmoqda. 
1990 yilda OITSga 300 mingga yaqin odam chalingan, virus yuqqanlar 6 mlnga 
yetgan. 197dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. O'zbekistolnda 20 dan ortiq (1990yil 
17ta)(4 tasi shu yerlik) holat qayd etilgan. 
OITS ni davolashda qo'llaniladigan dori-darmon hali yaratilgani yo'q. OITSga 
chalingan odam boshqa kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi, shu kasalliklardan holok 
bo'ladi. 
Yuqumli kasalliklar o'ziga xos davrlarni o'tkazishga majbur bo'ladi. 1. Yuqish 
vaqtiyuqish og'iz bo'shlig'i shilliq qavati orqali(difteriya, skarlatika,(qizilcha)), yuqori 
nafas yo'llari orqali (gripp), hashoratlar chaqishi orqali (bezgak)), yuqish payti. 2. 
Yashirin (inubasion) davr- kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lguncha bo'lgan 
davr. 3. Prodormol(dastlabki belgilar) davri. 4. Kasallikning rivojlanishi davri- 
(ko'pincha harorat ko'tarilishi xarakterli). 5. Belgilarning yo'qolib borish davri. 6. 
Puzamin davri. 
Yuqumli kasalliklardan sog'aygan bola, o'smir va katta yoshli odamlarda 
ko'pincha immunitet hosil bo'ladi. 
Jismoniy sog'lom, uyg'un rivojlangan bolalar kasalliklarni yengil o'tkazadi. Injiq, 
noziknihol bolalarda og'ir kechib turli asoratlar qoldirishi (yurak, buyrak,jigar 
zararlanishi va boshqalar) mumkin. Jismoniy tarbiya va mehnat ta'limi o'quvchilarga 
organizmidagi kasalliklarga qarshi kurasha olish qobilyatini kuchaytiradi, gigiyena va 
uning qoidalariga rioya qilish ham bu sohada ancha yordam beradi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling