O`zbеkiston rеspublikasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Tеkshirish savollari. 
1. Buyrak qanday tuzilgan va strukturasi nimalardan tashkil topadi? 
2. 
Siydik osil bo`lish mеxanizmini gapirib bеring? 
3. 
Buyrakning yoshga xos xususiyatlari. 
4. 
Tеrining organizm faoliyatidagi ahamiyati. 
5. 
Tеrining tuzilishi. 
6. 
Bolalarda uchraydigan tеri kasalliklari. 
Tayanch tushunchalar. 
Ichki muhit, ayruv organlari, ekskrеtor organ, nеfron, osmatik bosim, filtratsiya, 
rеabеorbtsiya, eniurеz, tеri kasalliklari, chiniqtirish. 
Adabiyotlar 
1. Sodiqov Q. "Oilaviy hayot- gigiyеna va hamda jinsiy tarbiya «O`qituvchi » 1997y. 
2. Klеmеshеva L, Ergashеv M "Yoshga oid fiziologiya" T. «O`qituvchi» 1991. 
3. Qodirov U, "Odam fiziologiyasi" «O`qituvchi» 1991. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


105 
15-MA'RUZA 
MAVZU: BOLALAR SALOMATLIGI XOLATI VA UNI HIMOYALASh. 
 
Rеja: 
1. 
Sog`lom organizm haqida tushuncha. 
2. 
Kasal organizm haqida tushuncha. 
3. 
Yuqumli kasalliklar. 
4. 
Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish. 
5. 
Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi. 
6. 
Infеktsiyaning tarqalish yo`llari. 
7. 
Organizmning o`zini-o`zi ximoya qilishi. 
Sog'liq va salomatlik haqida tushuncha. Sog'liq va salomatlik holati deganda 
organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu jarayonda kasalliksiz, 
og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi. Keng ma'noda olganda 
salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik) vazifalarini, uning aktiv hayot 
faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab qolgan holda eng ko'p mehnat 
qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va rivojlantirish jarayonidir. Katta va 
kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan 
beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq umr ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda. 
Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan. 
Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika savri 
15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda, vengriyalik er-
xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil, angliyalik Djenkins 
196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo. 
Salomatlikning antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari mavjud-ki, 
bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya sharoitlariga, iqlimiy va 
geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos aniqlanadi. 
Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham mavjud 
bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu ko'rsatkichlar: tug'ilish, 
o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi, kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr 
ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi. 
Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar: umumiy 
kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq muddatli va tez-
tez kasalga chalinishi; 
Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik guruhlaridagi 
taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Umumiy kasallanish 
(barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy yordamga murojat 
qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga o'tkazilgan tibbiy ko'riklar 
natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish yoshga bog'liq holda va tarbiya 
sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi 
bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib, so'ngra susayadi, maktab davri boshlarida 
va jinsiy balog'at davrida bir muncha o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda 


106 
bolalar va o'smirlar bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq 
kechishi kuzatiladi, organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi, 
jinsiy balog'at yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar 
natijasi hisoblanadi. 
Kasalliklar yoshga xos ravishda o'zgarib ham turishi mumkin, shu sababli 
kasalliklar ba'zan toifalarga ajratiladi. Quyida ba'zi toifalarga ajratilgan kasalliklarning 
yoshga xos tarqalishi ko'rsatilgan. 
Toifa 
o'rni. 
1-6 yosh
7-10 yosh 
11-14 yosh 
15-17 yosh 

Nafas 
olish 
organlari 
kasalliklari 
Nfas 
olish 
organlari 
kasalliklari 
Nafas 
olish 
organlari 
kasalliklari 
Nafas 
olish 
organlari 
kasalliklari 
II 
Yuqumli
Kasalliklar 
Travma 
(jarohatlanish) 
zaharlanish 
III 
Allergik 
kasalliklar 
Ovqat hazm 
qilish organlari 
kasalliklari 
Nerv tuzilish va 
sezgi 
organlariga 
oid kasalliklar 
IV 
Ovqat hazm 
qilish organlari 
kasalliklari 
Travma 
(jarohatlanish) va 
zaharlanish) 
Teri va teri osti 
kletchatkasi 
kasalliklari 
ruhiy buzilishlar 

Travma 
(shikastlanish) 
va zaharlanish. 
Nerv tuzilish va 
sezgi organlari 
kasalliklari 
Ovqat hazm 
qilish organlari 
kasalliklari 
Yuqumli 
kasalliklar 
Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy 
fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari, 
gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga 
bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari 
yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali 
kasalliklari miqdori oshib boradi. 
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining 
holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular 
quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki uchramasligi; 2 
Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3. Organizmning 
noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi. 
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra V 
guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va IV kasallik 
darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga qatnamaydigan va maxsus 
maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar kiritiladi. 
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik darajasiga ega; 


107 
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish 
qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va o'smirlar. 
III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari 
darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar. 
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan bolalar 
va o'smirlar. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling