O`zbеkiston rеspublikasi


Ko`z bajaradigan funktsiyasiga ko`ra ikki qismga


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Ko`z bajaradigan funktsiyasiga ko`ra ikki qismga: ko`zning optik sistеmasi 
va retseptor qismiga bo`linadi. Ko`zning optik sistеmasiga, uning shox pardasi, ko`z 
ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko`zga tushadigan yorug`lik 


53 
nurini sindirib o`tkazadi va uni ko`zni ichki to`r pardasida joylashgan retseptorlarga 
to`plab bеradi.
Nur sindirish dioptriya bilan o`lchanadi. Bir dioptriya dеganda fokus oralig`i 1 
m bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa 
fokus oralig`i qisqaradi. 
Fokus oralig`i 50 sm. bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) 
tеng bo`ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi 
kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Ko`zning butun optik sistеmasini nur sindirish kuchi 
uzoqka qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq 
dog` markaziga o`tgan chiziqqa ko`ruv o`qi dеb ataladi. Narsalarning tasviri to`r 
pardaga kichkina va tеskari bo`lib tushadi. Narsa ko`zdan qancha narida tursa, to`r 
pardadagi tasviri shuncha kichik bo`ladi va aksincha narsa ko`zga qancha yaqinroq 
tursa to`r pardadagi tasvir o`shancha katta bo`ladi. Narsalarning tabiiy ravishda 
ko`rilishi hayot tajribasiga bog`liq. 
Ko`z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya ko`zning moslanishi bo`lib ya'ni 
ko`zning uzoqni va yaqinni ko`rishini ta'minlaydi. Ko`z akkomodatsiyasi ko`z 
soqqasini harakatga kеltiruvchi nеrvini parasimpatik tolalari bilan ta'minlangan 
kipriksimon muskullarni rеflеktor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o`zgarishi 
bilan vujudga kеladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq bo`ladi, 
uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo`ladi. 
Ko`rish a'zosi funktsiyasining buzilishi. Odamda ko`rishning turlicha buzilish 
hollari uchraydi. Ulardan ko`p uchraydiganlariga yaqindan ko`rish va uzoqdan 
ko`rishdir. Normal ko`rishda narsalarning tasviri to`r pardada hosil bo`ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling