O`zbеkiston rеspublikasi


Qad-qomatning shakillanishi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Qad-qomatning shakillanishi. Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda 
erkin tutishi qadqomat deb ataladi. Odamning qad qomati uning skeleti, muskullari va 
nerv sistemasining rivojlanishiga bog'liq. Qad qomatning shakillanishida, ayniqsa 
umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holatda 
umurtqa pog'onasi bemalol egiladi. Bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz 
oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun 
oldinga egilishi, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan 
bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turish, yurish, boshni tik tutish natijasida asta-sekin 
bu egilishlar hosil bo'ladi. Ularning normal holda bo'lishi yoki normal ortiqcha egilish 
qad qomatning shakillanishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari qad-qomatning 
shakillanishida ko'krak qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal 
rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. 
Qad-qomati to'g'ri odam tik turganida boshini,bo'ynini tanasiga nisbatan to'g'ri va
tik tutadi, ikkala yelkasi va ikkala kuragi bir tekislikda bo'ladi. Oyoqlari tik va to'g'ri 
holatda bo'lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, oshiqlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi, 
qorin bir oz ichga tortilgan, ko'krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo'ladi. 
Qad-qomatning noto'g'ri shakillanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, kifotik, 
lordotik, va skoliotik. 
Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga engashgan
yelkalari oldinga osilgan, ko'krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo'ladi. 
Bunday holat skelet muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi 
rivojlanmaganligi va kuchsiz bo'lishi tufayli yuzaga keladi. 
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o'xshab ko'tarilib turadi. 
Orqaning yelka qismi do'mbayib, bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli odamlarda gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz 
botiqroq bo'ladi. Ko'krak qafasi yassi, qorin oldinga chiqqan bo'ladi. Bunday holat 


74 
umurtqa pog'onasining bel qismi normadan ko'proq oldinga bukilishi, bo'yin qismida 
esa lodinga kamroq bukilishi hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi 
tufayli yuzaga keladi. 
Skoliotik qad-qomatli odamlar tik turganida yelkalarining biri past, ikkinchisi 
baland bo'ladi, ko'kraklari ham past baland bo'lib, ko'krak qafasining bir tomoni 
botiqroq, bir tomoni bo'rtganroq holatda bo'ladi. Bunday odam tanasini tik va to'g'ri 
tuta olmaydi, ya'ni tik turganida gavdasi bir tomoni qiyshaygan holatda bo'ladi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling