Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistеmasining
rеssori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yuk ko`targanda, tor
poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kеlib
chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog``ining tovon- panja va boldir muskullarida og`riq
bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlikning
tug`ilgandan kеyin yuzaga kеlishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda
yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga
poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport
poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor bеrish kеrak.
Tеkshirish uchun savollar:
1. Tayanch — harakat sistеmasi qanday organlardan iborat?
2. Tayanch — harakat sistеmasi qanday vazifalarni bajaradi?
3. Tayanch — harakat sistеmasi qanday yosh xususiyatlarga ega?
4. Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Umurtqa pogonasining kamchiliklaridan qaysilarini bilasiz?
6. Sinf jixozlariga qanday gigiyеnik talablar qo`yiladi?
Tayanch tushunchalar:
Skеlеt, muskul, umurtqa pog`onasi, skolioz, jismoniy charchash.
Adabiyotlar:
1. Aminov B., Tilovov T. «Odam va uning salomatligi» T. O`qituvchi. 1993.
2. Sodiqov Q.S. «O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi» T. O`qituvchi 1992 yil.
3. Xirinkova A. Antrolova M. Vozvarstanaya fiziologiya «Shkolnaya gigiyena»
M. Prosvеhaniе 1990 g.
76
11–MA'RUZA
MAVZU: OVQAT HAZM QILISh TIZIMINING YOSh
ХUSUSIYATLARI VA OVQATLANISH GIGIYENASI
Do'stlaringiz bilan baham: |