O`zbеkiston rеspublikasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Rеja: 
 
1. Ovqat hazm qilish tizimining umumi tuzilishi. 
2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari. 
3. Organizmda modda almashinuvi. 
4. Ovqatlanish gigiyenasi. 
Odam yoki har bir tirik organism o’zining o’sishi, rivojlanishi va yashashi uchun 
doimiy ravishda ovqat hazm qilish orqanlari orqali ovqat istemol qilib turadi. 
Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib, dеvori uch qavatdan: ichki 
shilliq, o`rta-muskul, tashqi-sеroz qavatlaridan tuzilgan.
Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi va kimyoviy parchalanib qon 
hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, meda 
va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi 
mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’, uglevodlarni 
fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu fermentlar til osti, 
jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan 
hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi.
Ovqat hazm qilish organlariga: og’iz bo’shlig’i va undagi organlar, xalqum, 
qizil o’ngach, meda, iingichka va yo’g’on ichaklar hamda meda osti bezi, jigar kabi 
organlardan tashkil topgan. Ularning ish faoliyati markazi uzunchoq miyada bo’lib, 
markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. 
Og’iz bo’shlig’i ovqat hazm qilish organlarining boshlang’ich qismi bo’lib,
dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan tashkil topgan.
Lablar. Uyqori pasrki lablar muskullardan iborat bo’lib, ular og’izning kirish 
qismini hosil qiladi.
Og’iz bo’shlig’ida tishlar, til va so’lak bezlarining kanalchalari joylashgan. 
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki hil bo’ladi: sut tishlari 20 
ta doimiy tishlar 32 ta. Bola 6-8 oylik bo'lganda sut tishlar chiqa boshlaydi. Dastlab 
kurak tishlar, so'ng qoziq, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlar 7 yoshdan boshlab 
tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7 yoshda 1-katta oziq tish, 8 
yoshda 1-kurak tish, 9 yoshda 2-kurak tish, 10 yoshda 1-kichik oziq tish, 13-16 yoshda 
katta oziq tish, 11-15 yoshda 2-oziq tish, 18-30 yoshda 3-oziq tishlar chiqadi. 
Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’da 16 tadan, jag’larning 
o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan olingi ikkitasi kurak, 1 tasi qoziq, 2 
tasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 
yoshgacha chiqadi 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql 
tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.
Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), boyni va ildizi. Tishning ko’rinib 
turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda 
tishga qattiqlik hususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo’yin 
qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga birikkan bo’ladi.


77 
Sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaganda bolalarga tishni cho'tka bilan 
yuvishga (uxlashdan oldin), ovqatlangandan so'ng og`izni iliq suv bilan chayishga 
o'rgatish, juda sovuq yoki issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni tishda chaqish zararli 
ekanligini o'qtirib borish kerak. 
Til. Muskullardan tashkil topgan organ bo’lib, ovqatni aralashtirib xalqum 
(tomoq) gacha itarib beradi. Bundan tashqari til so’zlarning ravon talaffuz qilishida ham 
muhim rol o’ynaydi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling