O`zbеkiston rеspublikasi


Buyrakda siydik hosil bo’lish


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Buyrakda siydik hosil bo’lish. Buyrakda siydik hosil bo’lish 2 davrga bo’linadi: 
birlamchi davr-filtratsiya davri deyilib, unda birlamchi siydik hosil bo’ladi. Ikkilamchi 
davr-reabsorbsiya jarayoni deyilib, unda ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. 
Kapsulaga arterial qon tomiri kiradi. Bu tomir kapsula bo’shlig’ida kapillyarlarga 
bo’linib, malpigiy tushunchasini hosil qiladi. Malpigi tushunchasidagi ya’ni kapillyar 
qon tomiridan qon so’rilib, Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bo’shlig’iga o’tib 
birlamchi siydik shakllanadi. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga 
yaqin bo’lib, unda faqat oqsil bo’lmaydi. Chunki u kapillyar qon tomirlari devoridan 
filtirlanib o’tmaydi. Kapsulalarga birlamchisiydik kalavasimon kanalchalarga o’tadi. 
Filtrlangan kapillyar qon tomirlari yana bir-biri bilan qo’shilib kapsuladan chiquvchi 
arterial tomirni hosil qiladi. Ular yana kapillyar qon tomiriga bo’linib, egri-bugri 
kanalchalarni va genli halqani to’rsimon shaklda o’rab oladi. Egri-bugri kanalchalarga 


101 
(va genli halqani) birlamchi siydik tarkibiga qand va aminakislotalar, suv, tuzlar arteriya 
tomirlaridan vena tomirlariga qayta so’rilib ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Katta 
odamlarda 1 kecha-kunduzda o’rtacha 100 l birlamchi siydik filtirlanib uning 98,5-99%i 
egri-bugri kanalchalar orqali qonga qayta so’riladi, qolgan 1-1,5 ikkilamchi siydik 
sifatida tashqariga chiqariladi.
Siydik ayirish organlarining boshqarilishi. Siydik ayirish organlari nerv va 
gumoral yo’l bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarni toraytirib 
siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarni 
kengaytirib siydik ajralishini ko’paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada 
joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagidan 
sintezlangan andidiyuretik garmon buyrak egri-bugri kanalchalarning devoriga ta’sir 
etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. 
Qalqonsimon bezda sintezlangan tiroksin garmoni, aksincha reabsorbsiya 
jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradi. 
Siydik ayirish organlari kasalliklarni va ularning oldini olish. 
Siydik ayirish organlarida uchraydigan kasalliklarga buyrak va siydik 
yo’llarining yallig’lanishi hamda tosh kasalliklari kiradi. Hamda Eniurеz kasalligi 
tug`ma yoki hayotda orttirilgan bo`lishi mumkin. Hayotda ortirilganlariga sabab 
ko`pincha buyrakni, qovuqni va siydik yo`llarini shamollashi bilan bog`liq bo`ladi. 
Shuning uchun bolani yo`rgaklaganda, bеlaganda tagini ho`l bo`lib qolmaslik extiyot 
choralarini ko`rish zarur. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling