O`zbеkiston rеspublikasi


Nafas olish organlari kasalliklari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

4. Nafas olish organlari kasalliklari. Nafas olish organlarining kasalliklari 2 
turga bo’linadi. 
1. Nafas olish organlarining yallig’lanish kasalliklari. 
2. Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklari. 
1. Burun ichki shilliq pardasining yallig’lanishi rinit odatda aksa urish, burundan suv 
oqish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan kechadi. 
2. Tomoq shilliq pardasi yallig’langanda Faringit, tomoqda og’riq seziladi, ovqat 
yutishi qiyinlashadi. Tomoqlarning bodomcha bezlari yallig’lanib angina kasalligi kelib 
chiqadi. O’z vaqtida davolanmasa tomoq bezlaridagi mikroblar limfa va qon orqali 
yurak, buyrak va boshqa organlarni zararlashi mumkin. 
3. Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi laringit bunda quruq va qo’pol, og’riqli 
yo’tal, tovushning bo’g’ilishi bilan kechadi. 
4. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig’lanishi traxeit va bronxit kasalligi 
yuzaga kelib ko’pincha birga sodir bo’ladi. Bunda yo’talish, yo’talgan vaqtda to’sh 
suyagining orqa qismida og’riq seziladi va shilimshiq balg’am ajraladi. 
5. O’pka to’qimasining yallig’lanishi zotiljam kasalligi deb ataladi. Bunda bemor 
yo’taladi, nafas olishi tezlashadi, ko’krak qafasida og’riq, darmonsizlik, tana harorati 
ko’tariladi. 
6. Plevra pardasining yallig’lanishi plevrit deb ataladi.
Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklariga gripp, o’pka sili (tuberkulyoz) kabi 
kasalliklar kiradi.    
Tayanch tushunchalar. 
O`pka, gazlar almashinuvi, hiqildoq, traxеya, bronxlar, al'violla, vеntilyatsiya. 
 
Adabiyotlar. 
 1. Sodiqov B, Kuchkarova L, Qurbonov Sh. "Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va
gigiyenasi" O`zbеkiston Milliy Entеklopеdiyasi davlat ilmiy nashriyoti. T 2005y. 
 
2. Sodiqov Q, "O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi" T. «O`qituvchi » 1992y. 
3. Urinkova A, Antronova M, Farbеr D. "Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya
gigiyena" Prosvеshеniya, M 1990g. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling