O’zbekistоn respublikаsi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

tasviriy dialektologiya deb yuritiladi. O‘zbek dialektologiyasi hozir 
tasviriy dialektologiya bosqichidadir. Bu fan boshqa fanlarni, shu 
jumladan, til tarixini o‘rganishda muhim manba ekanligi hisobga olinsa, 
bu jarayonda tarixiy dialektologiya to‘g‘risida ham fikr yuritish lozim 
bo‘ladi. Tilning rivojlanishi ayni o‘rinda shevalarning ham tarixiy 
rivojlanishi hisoblanadi. Bu esa tarixiy dialektologiyaning tekshirish 
obyektidir. O‘zbek tilshunosligida tarixiy dialektologiya endigina 
shakllanib kelmoqda. 
Turkologiyada shevalarni o‘rganish XI asrda Mahmud 
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridan boshlangan bo‘lsa, 
dialektologiya fan sifatida jonli xalq nutqiga qiziqish tufayli XVII asr 
oxirlarida Germaniyada shakllandi. Bu davrda Germaniyada xalq 
shevalaridan mahalliy so‘zlar yig‘ilgan va lug‘atlar tuzilgan. Shevalarni 
ilmiy asoslarda o‘rganish ishi esa XIX asrning ikkinchi yarmida “Yosh 
grammatikachilar” tomonidan amalga oshirildi va shevalar tabiiy, 
to‘xtovsiz va o‘z-o‘zidan rivojlanish mahsuli hamda til sistemasining 
qonuniy ravishda turli hududlariga tarqalgan tarkibiy qismi deb 
qaralgan. 



Mаvzu: “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning asosiy tushunchalari 
Rejа: 
1.Til va sheva munosabati. 
2. Shevа, diаlekt vа lаhjа tushunchаlаri. 
3. O‘zbek tilining murаkkаb diаlektаl tаrkibi.
4. “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning tilshunоslik vа bоshqа fаnlаr bilаn 
o‘zаrо аlоqаsi.
4. “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning nazariy va amaliy ahamiyati. 
6. O‘zbek shevаlаrini o‘rgаnish metоdlаri.
Mаtn 
 Til va sheva munosabati. Inson tili, asosan, uch funksiyani 
bajaradi: bir-biri bilan aloqa qilish vositasi, fikr ifodalash quroli, o‘z his-
tuyg‘ularini ifoda qilish imkoniyati. Konkret bir til shu til egalarining 
tilidir. Til egasi tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) muayyan 
tilda nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, 2) tildan muloqot 
vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, 3) o‘z millatining milliy-madaniy, 
ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi lug’at tarkibini egallagan, uni 
namoyon etuvchi shaxs.
Sheva esa muayyan tilning mahalliy ko‘rinishi, uning asosidir. Shu 
o‘rinda sheva egasi tushunchasini ham e’tirof etish mumkin: 1) muayyan 
shevada nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, 2) shevadan muloqot 
vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, 3) o’z shevasiga xos bo‘lgan lug’at 
tarkibi, fonetik va grammatik xususiyatlarini egallagan hamda undan 
erkin foydalana oladigan shaxs. Bunday qarash aksariyat lingvistik 
manbalarda aks etgan, jumladan, Buyuk Britaniyaning Kembrij 
universitetida nashr qilingan “Dialectology” darsligida tilga o‘zaro aloqa 
qilish, anglash mezoni, shevaga esa (dialekt) tilning real asosi, ildizi, 
quyi darajasi, qolipga tushmagan shakli tarzida izoh beriladi
2
. Bu 
ta’rifdagi “quyi darajasi”, “qolipga tushmagan shakli” tushunchalari 
adabiy tilga nisbatlab aytilganligi sezilib turibdi (til va sheva-dialekt 
munosabati 
masalasi 
“Areal 
lingvistika” 
mavzusida 
yana 
oydinlashtiriladi). 
Til va sheva egasi tushunchalaridagi farq shundaki, bir tilga egalik 
qilgan shaxs (agar maxsus o‘rganmagan bo‘lsa) boshqa tilni 
2

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling