O’zbekistоn respublikаsi
Lahja termini o‘zbek, turk tillarida iste’molda bor, boshqa aksariyat millatlar dialektologiyasida ko‘proq dialekt
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
Lahja termini o‘zbek, turk tillarida iste’molda bor, boshqa aksariyat
millatlar dialektologiyasida ko‘proq dialekt terminiga murojaat qilinadi. Shuningdek, rus dialektologiyasida наречие (lahja), диалект, говор (sheva) terninlari qo‘llanadi. Ko‘rinadiki, sheva, dialekt, lahjalar har bir tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi va ular muayyan til negizida amalda bo‘ladi hamda “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning markaziy masalasi hisoblanadi. Tilshunoslikda dialekt terminini sheva va lahja ma’nosida qo‘llash an’anasi ham bor. Axborot manbalarida til, lahja, dialekt, sheva, sotsiolekt (ijtimoiy dialekt) tushunchalari idiom termini ostida birlashtiriladi. Boshqacha aytganda, idiom o‘zga (qarindosh) tillardan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadigan mustaqil (alohida) tildir. Shuninhdek, adabiyotlarda lahja, dialekt, shevalar tilning ko‘rinishlari (разновидность языка) deb ham yuritiadi. Chambers J. K., Peter Trudgillar idiom va tilning ko‘rinishlari terminiga mos keluvchi variety terminini qo‘llagan. 8 4-rasm Shevaning farqlanishi Beshyog‘och dahasida: б ɔрсəмъз ~ bārsämiz. Xadra dahasida: б ɔрсовуз ~ bārsovuz. Eski Jo‘va dahasida: б ɔрсo:вузə ~ bārso:vuzä. Chorsu dahasida: б ɔрсo://бɔрсoк ~ bārso://bārsok. Bunday nozik farqlarni barcha dialektlar tarkibidagi shevalarda ham korish mumkin 4 . Lahja va til varianti masalasi. Avval aytilganidek, lahja har bir xalqning etnik taraqqiyoti tarixi hosilasidir. Aksariyat tillar bir necha lahjaning birlashuvidan tashkil topadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, o‘zbek tili uch lahja - qаrluq-chigil-uyg‘ur lаhjаsi, qipchоq lаhjаsi, o‘g‘uz 4 Ularni mashg‘lotlar jarayonida ushbu fan o‘qituvchilari o‘z dialektlari misolida asoslab berishlari lozim bo‘ladi. 9 lаhjаsidan tashkil topgan. Ingliz tili angliya, uels, shotland dialektlariga ega, lekin ingliz tilining Britaniya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi variantlari bor. Bu til variantlari plyurosentrik yoki polisentrik tillar deb ham yuritiladi. Ayni bir til turli davlatlarda о‘zining davlat maqomiga, standartlar tizimiga ega bо‘ladi va boshqa davlatlardagi ayni shu tildan va negiz tildan, xususan, keyingi misolimizda Britaniya variantidagi ingliz tilidan sо‘z qо‘llash, terminlarning xususiyati, talaffuz meyorlari bilan farq qiladi. Ma’lumki, о‘zbeklar О‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izstonda ham yashaydilar, о‘zbek adabiy tilida ta’lim ishi olib boriladi, gazeta va jurnallar, kitoblar nashr qilinadi, lekin bu davlatlarda о‘zbek tili variant maqomiga ega emas, chunki shu davlatlarning rasmiy davlat tili emas. Afg‘onistonda ham o‘zbeklar yashaydi. Yuqoridagi respublikalardan farq qilgan holda, bu yerda o‘zbek tiliga ham davlat maqomi berilgan. Demak, endi Afg‘onistondagi o‘zbek tilini variant deb atash mumkin bo‘ladi. Bu mamlakatlardagi o‘zbek adabiy tilining va shevalarining O‘zbekistondagi adabiy tilga va shevalariga munosabati “O‘zbek adabiy tili va dialektlar” mavzusida oydinlashtiriladi. Fanda ikki xildagi dialekt to‘grisida fikr yuritiladi, ya’ni mahalliy dialektlar va ijtimoiy dialektlar. Mahalliy dialekt umumxalq (milliy) tilining muayyan territoriyaga oid ko‘rinishi, o‘ziga xos namoyon bo‘lishidir. O‘zbek dialektologiyasi mahalliy sheva, dialekt va lahjalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Ijtimoiy dialekt esa mahalliy sheva, dialekt va lahjalardan farq qilgan holda, muayyan guruhga taalluqli shaxslarning umumxalq tilidagi so‘zlarga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgacha ma’no kasb etishlari yoki muayyan soha – kasb-hunar leksikasi, terminologiyasidan faqat shu soha kishilarining o‘zlarigina foydalanishlari asosida vujudga keladi. Ijtimoiy dialekt biror sheva yoki dialektga teng emas, lekin unda ba’zan shevaga oid so‘zlar qatnashishi mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy dialektda o‘ziga xos fonetik va grammatik xususiyatlar bo‘lmaydi, lekin tor doiradagi kishilar tushunadigan ayrim leksik o‘ziga xosliklargina bo‘ladi. 10 Chambers J. K., Peter Trudgillar o‘z asarlarida erkak va ayol jinsi nutqi xususiyatlarini ham ijtimoiy dialekt sifatida qaraydilar. Ijtimoiy dialekt adabiyotlarda sotsiolekt (lotincha sotsiotas - jamiyat va dialekt sozlaridan olingan) termini bilan ham yuritiladi. O‘zbek dialektologiyasi ijtimoiy dialektni o‘rganmaydi, ijtimoiy qatlamlar “til”i sotsiolingvistikaning boshqa bo‘limlari obyektidir. Xorij dialektologiyasida idiolekt (u inglizcha bo‘lib, individual til degan ma’noni anglatadi) tushunchasi ham uchraydi. U yakka shaxslarga xos bo‘lgan nutqiy o‘ziga xoslikni bildiradi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling