O’zbekistоn respublikаsi
Mavzu: Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining muhim xususiyatlari
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
Mavzu: Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining muhim xususiyatlari
Reja: 1. Lahjaning qisqacha tarixi va tarqalishi. 2. Lahjaning fonetik xususiyatlari. 3. Lahjaning morfologik xususiyatlari. 4. Lahja leksikasidan namunalar. Bu lаhjа tarixan qarluq urug‘larining rivojlanishi asosida shakllangan va ular qadimgi tukyu (turk) qabila birlashmasiga mansub bo‘lib, uzoq o‘tmishda Oltoyning g‘arbiy tumanlarida yashaganlar, Turk xoqonligining tashkil topishi bilan (552-yilda) g‘arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, Mo‘g‘ul tog‘ining janubiy yon bag‘ridan to Ile daryosining shimoligacha bo‘lgan hududni egallaydilar. Qarluqlarning katta qismi VI asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonni, Farg‘onani, Toxaristonning ayrim hududlarini tasarrufiga kiritgan edilar. X asrda Yettisuvni ishg‘ol qilgan va katta territoriyada hukmronlik qilganlar. Shunday qilib, VIII-X asrlarda Ile daryosidan to Sirdaryogacha, hozirgi Chimkent shahridan to Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan o‘lkada yashagan barcha turkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi ostida bo‘lgan. Qarluqlarning tili shu o‘lkadagi barcha qabilalar uchun umumiy bo‘lgan. Yettisuv, Farg‘ona vodiysi, Sharqiy Turkistonning Torim daryosigacha bo‘lgan territoriyada qarluqlar bilan birga chigil, xalaj, yag‘mo qabilalari ham yashaganlar, uyg‘urlar ham qarluqlar tarkibida bo‘lgan. Chigil qabilasi IX-X asrlarda Ile daryosining janubida, Issiqko‘l atroflarida yashaganlar 8 . Mazkur lahja vakillari, аsоsаn, shаhаr vа shаhаr tipidаgi shevаlаrni vа diаlektlаrni qаmrаb оlаdi. Fаndа bu lаhjа qisqаchа qаrluq lаhjаsi deb hаm yuritilаdi. Bu lahjaning boshqa lahjalardan farqi uning singarmonizmni saqlashiga ko‘ra, ikki guruhga ajralishidir, ya’ni shahar va shahar tipidagi shevalarda singarmonizm qonuni amal qilmaydi (uning ayrim 2 Bu ma’lumotlar K. Shoniyozovdan olindi. Qarang: Шониёзов К. Қарлуқлар ва уларнинг тили ҳақида айрим мулоҳазалар // Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. – Тошкент: ФАН. – Б. 481-490. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling