79
Ijtimoiy dialektal kontinuum. Bu siyosiy va uzoq tarixiy taqdir
tufayli qarindosh bo‘lmagan va qarindosh
tillar orasida yuz berishi
mumkin. Kontinuumning bu turiga Kembrij universiteti darsligida
Yamaykadagi kreol shevasi misol qilib ko‘rsatiladi.
Surinamda sranan
tili ingliz tili asosiga qurilgan kreol (pidjin) shevasi shakllanganki,
yuqori tabaqa kishilari ingliz tilida gaplashsa, pastki tabaqa kishilari esa
ingliz va kreol tili o‘rtasidagi shevada gaplashadilar va shu bilan o‘ziga
xos xususiyatga ega bo‘ladi. Buni biz o‘zbek – tojik, o‘zbek – turkman,
o‘zbek – qozoq, o‘zbek – qoraqalpoq xalqlari aralash va qo‘shni
yashagan joylarda ham ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: