O’zbekistоn respublikаsi


Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) metodlari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) metodlari. Areal 
lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) shunday sоhаki, u hаr bir shevа vа 
diаlekt hаqidа, uning mаdаniy, tаriхiy хususiyatlаri, o‘zigа хоsligi bilаn 
yaхlit rаvishdа tilshunоslik, tаriх, etnоgrаfiya bilаn shug‘ullаnаdigаn 
хоdimlаr, mutахаssislаrni keng tаnishtirish imkоnini berаdi. Lingvistik 
geоgrаfiyadа, аvvаlо, o‘rgаnilаyotgаn shevа kartasi uchun asos sifatida 
аhоli geоgrаfiyasini аks ettirishga mo‘ljallangan kоntur karta оlinаdi vа 
аhоli punktlаri rаqаmlаri belgilаb chiqilаdi. Shevа fаktlаri uchun shаrtli 
belgilаr tizimi ishlаb chiqilаdi. Izоglоssаlаrning tаrqаlishini ko‘rsаtuvchi 
chiziqlаrni tоrtish rejаsi tаyin qilinаdi. Rаnglаr tаnlаnаdi vа bo‘yash 
teхnikаsi belgilаb оlinаdi.
10-rasm 
O‘zbek tili lahjalarining tarqalishi 


80 
 
Areal 
lingvistikaning 
asosini 
lingvistik 
tadqiqotlarda 
foydalaniladigan til faktlari tashkil etadi, shuning uchun areal 
lingvistika metodlarini farqlash muhim ahamiyat kasb etadi
10
. Ular 
quyidagilar: 
1. Muayyan til (shevalar) areali doirasida til (sheva) faktlarini qayd 
qilish. Bu jihatdan dialektologiya va lingvistik geografiya metodlari mos 
keladi. 
Sheva 
faktlarining 
haqqoniyligi 
areal 
lingvistikaning 
mukammalligini ta’minlaydi. 
2. Areal lingvistika uchun tanlanadigan sheva materiallarini 
sharhlash. Dialektologik atlas tuzishda sheva faktlarining sharhi muhim 
o‘rin tutadi. Ular quyidagi aniq lingvistik vazifalarni bajaradi: 
a) o‘rganilayotgan til yoki shevalarning aloqada bo‘lgan (qo‘shni) 
til va shevalar bilan interferensiyasi natijalarini talqin qilish. Avvalgi 
10
Taniqli olim V.M. Jirmunskiy dialektologik atlas yaratish metodikasi deganda uning ikki 
tamoyilini tushunadi: muayyan hududdagi sheva xususiyatlarini yalpi o‘rganish va har bir 
kartalashtiriladigan izoglossalar chegarasini belgilash. Qarang: Жирмунский В.М. Немецкая 
диалектология. – Москва - Ленинград: ИАН.1956, – С.134. 


81 
sahifalarda ta’kidlanganidek, o‘zbek tili qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, 
turkman va tojik tili hamda uning shevalari bilan kesishgan o‘rinlarga 
ega. Shevalar kesishgan joyda har ikkala tilga o‘xshamagan shevalar 
paydo bo‘ladi. So‘zsiz, bu shevalardagi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan 
xususiyatni ajratib olish muammosi paydo bo‘ladi. Bu muammo 
sharhlash, talqin qilish orqali hal qilinadi. Masalan, turkman tili bilan 
aralash va qo‘shni yashaydigan o‘zbeklar shevasida egalik affiksi va 
o‘rin-payt, chiqish kelishigi o‘rtasida n undoshining orttirilishi izohlar 
yordamida oydinlashtiriladi: qo‘lida ~ əлъндə ~ älindä, qolidan
əлъннəн ~ älinnän. Qirg‘iz tilida bunday pozitsiyada interkalyar n 
undoshining yo‘qolib borishi ham o‘zbek tili shevalari bilan 
interferensiyaning natijasidir. 
b) ijtimoiy omillarni hisobga olish. Interferensiya natijalariga baho 
berishda turli xildagi ijtimoiy omillarni hisobga olish katta ahamiyatga 
egadir. Bunda ikki sheva yoki tilning interferensiya sharoitida qo‘shilib 
ketishi chog‘idagi til qarshiligi bo‘lishi hisobga olinadi. Bunga 
Qashqadaryodagi (masalan, Kitob tumani Chechak qishlog‘i shevasi)
“й ~ j”lovchi shevalar дж ~ ž”lovchi shevalarga qorishuvi natijasida “й 
~ j”lovchi shevalar aholisining ko‘pligi tufayli “й ~ j”lashishning ustun 
kelishi misol bo‘la oladi.
d) muayyan hududda turg‘unlashmagan til hodisalarini sharhlash
Ikki sheva yoki dialektga xos xususiyatlarning shu sheva va dialektlarda 
qo‘llanishi hamda ulardan birining g‘olib kelmasligi interferensiyaning 
tugallanmaganligini, ya’ni bir sheva ikkinchi shevaga singib 
ketmaganligini bildiradi. Bunga o‘zbek tilidagi 
ɔ ~ ā va “a”lashish, й ~ j 
va дж ~ ž hodisasining parallel qo‘llanishi misol bo‘la oladi. 
e) konvergensiya hodisalarini farqlash. Ma’lumki, o‘zbek tili 
taraqqiyotida shahar shevalarida ө ~ ö ↔ o ~ o, ү ~ ü ↔ y ~ u, и ~ i:↔ 
ы ~ ї: unlilari konvergensiyaga uchragan. Ular ham kartada izohlar bilan 
beriladi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling