O’zbekistоn respublikаsi


ko‘rinishilari, namoyon bo‘lishi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

ko‘rinishilari, namoyon bo‘lishi (“разновидность” termini qo‘llangan) 
deb yuritiladi
11
.
11
Русская диалектология. – Москва: Просвещение,1989. –С. 6. 


84 
Adabiy til biror dialektga teng kelmaydi, u bir til doirasida 
barchaga birday xizmat qiladi, hech bir dialekt adabiy tilga 
tenglashtirilmaydi. 
Adabiy til va dialektlar turli funksiyalariga ko‘ra farqlanadi: 
1. Adabiy til davlat, siyosat, fan, san’at tili hisoblanadi, ayni 
zamonda bu tilda savodxon shaxslar ish ko‘radi. Dialekt esa muayyan 
hududda qo‘llanadi va shu hududning o‘zidagi aholigagina xizmat 
qiladi. 
2. Adabiy til yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘ladi, dialekt esa 
faqat og‘zaki ko‘rinishga ega. 
3. Adabiy til qat’iy amal qilinadigan normalardan iborat bo‘ladi. 
Dialekt ham muayyan hududda o‘ziga xos normalari bo‘ladi, lekin u 
umumtil doirasiga chiqa olmaydi. 
4. Adabiy tilning funksional uslublari rang-barang, dialektlarda 
bunday uslublar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. 

5. Adabiy til va dialektlar o‘rtasida ziddiyatlar bor, lekin ular 
adabiy tilning boyishiga xizmat qiladi
11-rasm 
Har bir milliy tilning ikki bosqichi bo‘ladi:
1. Milliy tilning quyi bosqichi. Bu mahalliy shevalar demakdir. 


85 
2. Milliy tilning yuqori bosqichi. Bu uning adabiy tilidir. 
Ayrim manbalarda bu ikki bosqich oralig‘da koyne termini bilan 
yuritiladigan til to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi, ya’ni aksariyat 
dialektlar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlashuv tili koyne deb yuritiladi. 
Bunga xalq og‘zaki ijodi asarlari tilini ham kiritish mumkin, bu asarlar 
tili ham adabiy til, ham mahalliy shevalarga xos xususiyatlarni aks 
ettiradi, shuning uchun ham shevalar o‘rganilganda, xalq og‘zaki 
ijodidan ko‘plab misollar keltiriladi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling