O’zbekistоn respublikаsi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh grammatikachilar
- Mаtn Til va sheva munosabati.
tasviriy dialektologiya deb yuritiladi. O‘zbek dialektologiyasi hozir
tasviriy dialektologiya bosqichidadir. Bu fan boshqa fanlarni, shu jumladan, til tarixini o‘rganishda muhim manba ekanligi hisobga olinsa, bu jarayonda tarixiy dialektologiya to‘g‘risida ham fikr yuritish lozim bo‘ladi. Tilning rivojlanishi ayni o‘rinda shevalarning ham tarixiy rivojlanishi hisoblanadi. Bu esa tarixiy dialektologiyaning tekshirish obyektidir. O‘zbek tilshunosligida tarixiy dialektologiya endigina shakllanib kelmoqda. Turkologiyada shevalarni o‘rganish XI asrda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridan boshlangan bo‘lsa, dialektologiya fan sifatida jonli xalq nutqiga qiziqish tufayli XVII asr oxirlarida Germaniyada shakllandi. Bu davrda Germaniyada xalq shevalaridan mahalliy so‘zlar yig‘ilgan va lug‘atlar tuzilgan. Shevalarni ilmiy asoslarda o‘rganish ishi esa XIX asrning ikkinchi yarmida “Yosh grammatikachilar” tomonidan amalga oshirildi va shevalar tabiiy, to‘xtovsiz va o‘z-o‘zidan rivojlanish mahsuli hamda til sistemasining qonuniy ravishda turli hududlariga tarqalgan tarkibiy qismi deb qaralgan. 5 Mаvzu: “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning asosiy tushunchalari Rejа: 1.Til va sheva munosabati. 2. Shevа, diаlekt vа lаhjа tushunchаlаri. 3. O‘zbek tilining murаkkаb diаlektаl tаrkibi. 4. “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning tilshunоslik vа bоshqа fаnlаr bilаn o‘zаrо аlоqаsi. 4. “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning nazariy va amaliy ahamiyati. 6. O‘zbek shevаlаrini o‘rgаnish metоdlаri. Mаtn Til va sheva munosabati. Inson tili, asosan, uch funksiyani bajaradi: bir-biri bilan aloqa qilish vositasi, fikr ifodalash quroli, o‘z his- tuyg‘ularini ifoda qilish imkoniyati. Konkret bir til shu til egalarining tilidir. Til egasi tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) muayyan tilda nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, 2) tildan muloqot vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, 3) o‘z millatining milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi lug’at tarkibini egallagan, uni namoyon etuvchi shaxs. Sheva esa muayyan tilning mahalliy ko‘rinishi, uning asosidir. Shu o‘rinda sheva egasi tushunchasini ham e’tirof etish mumkin: 1) muayyan shevada nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, 2) shevadan muloqot vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, 3) o’z shevasiga xos bo‘lgan lug’at tarkibi, fonetik va grammatik xususiyatlarini egallagan hamda undan erkin foydalana oladigan shaxs. Bunday qarash aksariyat lingvistik manbalarda aks etgan, jumladan, Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida nashr qilingan “Dialectology” darsligida tilga o‘zaro aloqa qilish, anglash mezoni, shevaga esa (dialekt) tilning real asosi, ildizi, quyi darajasi, qolipga tushmagan shakli tarzida izoh beriladi 2 . Bu ta’rifdagi “quyi darajasi”, “qolipga tushmagan shakli” tushunchalari adabiy tilga nisbatlab aytilganligi sezilib turibdi (til va sheva-dialekt munosabati masalasi “Areal lingvistika” mavzusida yana oydinlashtiriladi). Til va sheva egasi tushunchalaridagi farq shundaki, bir tilga egalik qilgan shaxs (agar maxsus o‘rganmagan bo‘lsa) boshqa tilni 2 Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling