O’zbekistоn respublikаsi


Lahja termini o‘zbek, turk tillarida iste’molda bor, boshqa aksariyat  millatlar dialektologiyasida ko‘proq dialekt


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

Lahja termini o‘zbek, turk tillarida iste’molda bor, boshqa aksariyat 
millatlar dialektologiyasida ko‘proq dialekt terminiga murojaat qilinadi. 
Shuningdek, rus dialektologiyasida наречие (lahja), диалект, говор 
(sheva) terninlari qo‘llanadi. Ko‘rinadiki, sheva, dialekt, lahjalar har bir 
tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi va ular muayyan til negizida 
amalda bo‘ladi hamda “O‘zbek diаlektоlоgiyasi”ning markaziy masalasi 
hisoblanadi. 
Tilshunoslikda dialekt terminini sheva va lahja ma’nosida qo‘llash 
an’anasi ham bor. 
Axborot manbalarida til, lahja, dialekt, sheva, sotsiolekt (ijtimoiy 
dialekt) tushunchalari idiom termini ostida birlashtiriladi. Boshqacha 
aytganda, idiom o‘zga (qarindosh) tillardan bir qator xususiyatlari bilan 
farqlanadigan mustaqil (alohida) tildir. Shuninhdek, adabiyotlarda lahja, 
dialekt, shevalar tilning ko‘rinishlari (разновидность языка) deb ham 
yuritiadi.
Chambers J. K., Peter Trudgillar idiom va tilning ko‘rinishlari 
terminiga mos keluvchi variety terminini qo‘llagan. 



4-rasm 
 
Shevaning farqlanishi
 
Beshyog‘och dahasida:  б
ɔрсəмъз ~ bārsämiz. 
Xadra dahasida:  б
ɔрсовуз ~ bārsovuz. 
Eski Jo‘va dahasida: б
ɔрсo:вузə ~ bārso:vuzä.  
Chorsu dahasida:  б
ɔрсo://бɔрсoк ~ bārso://bārsok.
Bunday nozik farqlarni barcha dialektlar tarkibidagi shevalarda 
ham korish mumkin
4

Lahja va til varianti masalasi. Avval aytilganidek, lahja har bir 
xalqning etnik taraqqiyoti tarixi hosilasidir. Aksariyat tillar bir necha 
lahjaning birlashuvidan tashkil topadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, o‘zbek 
tili uch lahja - qаrluq-chigil-uyg‘ur lаhjаsi, qipchоq lаhjаsi, o‘g‘uz 
4
Ularni mashg‘lotlar jarayonida ushbu fan o‘qituvchilari o‘z dialektlari misolida asoslab berishlari lozim bo‘ladi. 



lаhjаsidan tashkil topgan. Ingliz tili angliya, uels, shotland 
dialektlariga ega, lekin ingliz tilining Britaniya, Irlandiya, AQSH, 
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi variantlari bor. Bu til 
variantlari plyurosentrik yoki polisentrik tillar deb ham yuritiladi. Ayni 
bir til turli davlatlarda о‘zining davlat maqomiga, standartlar tizimiga 
ega bо‘ladi va boshqa davlatlardagi ayni shu tildan va negiz tildan, 
xususan, keyingi misolimizda Britaniya variantidagi ingliz tilidan sо‘z 
qо‘llash, terminlarning xususiyati, talaffuz meyorlari bilan farq qiladi. 
Ma’lumki, о‘zbeklar О‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, 
Qirg‘izstonda ham yashaydilar, о‘zbek adabiy tilida ta’lim ishi olib 
boriladi, gazeta va jurnallar, kitoblar nashr qilinadi, lekin bu davlatlarda 
о‘zbek tili variant maqomiga ega emas, chunki shu davlatlarning rasmiy 
davlat tili emas. Afg‘onistonda ham o‘zbeklar yashaydi. Yuqoridagi 
respublikalardan farq qilgan holda, bu yerda o‘zbek tiliga ham davlat 
maqomi berilgan. Demak, endi Afg‘onistondagi o‘zbek tilini variant deb 
atash mumkin bo‘ladi. Bu mamlakatlardagi o‘zbek adabiy tilining va 
shevalarining O‘zbekistondagi adabiy tilga va shevalariga munosabati 
“O‘zbek adabiy tili va dialektlar” mavzusida oydinlashtiriladi. 
Fanda ikki xildagi dialekt to‘grisida fikr yuritiladi, ya’ni mahalliy 
dialektlar va ijtimoiy dialektlar. Mahalliy dialekt umumxalq (milliy) 
tilining muayyan territoriyaga oid ko‘rinishi, o‘ziga xos namoyon 
bo‘lishidir. O‘zbek dialektologiyasi mahalliy sheva, dialekt va lahjalarni 
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Ijtimoiy dialekt esa mahalliy sheva, dialekt va lahjalardan farq 
qilgan holda, muayyan guruhga taalluqli shaxslarning umumxalq tilidagi 
so‘zlarga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgacha ma’no kasb etishlari 
yoki muayyan soha – kasb-hunar leksikasi, terminologiyasidan faqat shu 
soha kishilarining o‘zlarigina foydalanishlari asosida vujudga keladi. 
Ijtimoiy dialekt biror sheva yoki dialektga teng emas, lekin unda ba’zan 
shevaga oid so‘zlar qatnashishi mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy 
dialektda o‘ziga xos fonetik va grammatik xususiyatlar bo‘lmaydi, lekin 
tor doiradagi kishilar tushunadigan ayrim leksik o‘ziga xosliklargina 
bo‘ladi.


10 
Chambers J. K., Peter Trudgillar o‘z asarlarida erkak va ayol jinsi 
nutqi xususiyatlarini ham ijtimoiy dialekt sifatida qaraydilar.
Ijtimoiy dialekt adabiyotlarda sotsiolekt (lotincha sotsiotas - jamiyat 
va dialekt sozlaridan olingan) termini bilan ham yuritiladi.
O‘zbek dialektologiyasi ijtimoiy dialektni o‘rganmaydi, ijtimoiy 
qatlamlar “til”i sotsiolingvistikaning boshqa bo‘limlari obyektidir. 
Xorij dialektologiyasida idiolekt (u inglizcha bo‘lib, individual til 
degan ma’noni anglatadi) tushunchasi ham uchraydi. U yakka 
shaxslarga xos bo‘lgan nutqiy o‘ziga xoslikni bildiradi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling