O’zbekistоn respublikаsi


Mavzu: Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining muhim xususiyatlari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

Mavzu: Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining muhim xususiyatlari 
Reja: 
1. Lahjaning qisqacha tarixi va tarqalishi. 
2. Lahjaning fonetik xususiyatlari. 
3. Lahjaning morfologik xususiyatlari. 
4. Lahja leksikasidan namunalar. 
Bu lаhjа tarixan qarluq urug‘larining rivojlanishi asosida 
shakllangan va ular qadimgi tukyu (turk) qabila birlashmasiga mansub 
bo‘lib, uzoq o‘tmishda Oltoyning g‘arbiy tumanlarida yashaganlar, Turk 
xoqonligining tashkil topishi bilan (552-yilda) g‘arbiy Oltoydan chiqib
Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, Mo‘g‘ul tog‘ining janubiy yon 
bag‘ridan to Ile daryosining shimoligacha bo‘lgan hududni egallaydilar. 
Qarluqlarning katta qismi VI asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonni
Farg‘onani, Toxaristonning ayrim hududlarini tasarrufiga kiritgan edilar. 
X asrda Yettisuvni ishg‘ol qilgan va katta territoriyada hukmronlik 
qilganlar. Shunday qilib, VIII-X asrlarda Ile daryosidan to 
Sirdaryogacha, hozirgi Chimkent shahridan to Sharqiy Turkistongacha 
bo‘lgan o‘lkada yashagan barcha turkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi 
ostida bo‘lgan. Qarluqlarning tili shu o‘lkadagi barcha qabilalar uchun 
umumiy bo‘lgan.
Yettisuv, Farg‘ona vodiysi, 
Sharqiy 
Turkistonning Torim 
daryosigacha bo‘lgan territoriyada qarluqlar bilan birga chigil, xalaj, 
yag‘mo qabilalari ham yashaganlar, uyg‘urlar ham qarluqlar tarkibida 
bo‘lgan.
Chigil qabilasi IX-X asrlarda Ile daryosining janubida, Issiqko‘l 
atroflarida yashaganlar
8
.
Mazkur lahja vakillari, аsоsаn, shаhаr vа shаhаr tipidаgi shevаlаrni 
vа diаlektlаrni qаmrаb оlаdi. Fаndа bu lаhjа qisqаchа qаrluq lаhjаsi deb 
hаm yuritilаdi.
Bu lahjaning boshqa lahjalardan farqi uning singarmonizmni 
saqlashiga ko‘ra, ikki guruhga ajralishidir, ya’ni shahar va shahar 
tipidagi shevalarda singarmonizm qonuni amal qilmaydi (uning ayrim 
2
Bu ma’lumotlar K. Shoniyozovdan olindi. Qarang: Шониёзов К. Қарлуқлар ва уларнинг 
тили ҳақида айрим мулоҳазалар // Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. – 
Тошкент: ФАН. – Б. 481-490.


64 
ko‘rinishlarigina mavjud bo‘ladi), shimoliy o‘zbek shevalarida esa 
singarmonizm saqlanadi, shuning uchun ham shahar va shahar tipidagi 
shevalarda unlilar 6, 7tadan (ə ~ ä, о ~ o, у ~ u,
ɔ

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling