O’zbekistоn respublikаsi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

O‘g‘uz lahjasi. Xorazmning janubiy qismidagi bir qancha shevalar 
o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga taalluqlidir. Xorazmdagi Xiva, Xonqa, 
Shovot, Hazorasp, G‘azavot, Yangiariq, Sho‘raxon, Urganch singari 
aholi yashaydigan punktlarda, shuningdek, Toshhovuz viloyati va 
Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida o‘g‘uz lahjasining vakillari 
juda ko‘p.
Shimoliy o‘zbek (Turkiston-Chimkent) guruh shevalari (Qorabuloq, 
Mankent, Qoramurt, Iqon) ham, shubhasiz, o‘g‘uz elementlarining 
ishtirokida shakllangan. Mazkur lahja vakillari respublikaning boshqa 
tumanlarida (masalan, Jizzax yaqinidagi Bog‘don qishlog‘ida) ham 
uchraydi.  
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur 
lahjasi shahar shevalarini va ularga yondosh bo‘lgan shahar tipidagi 
qishloq shevalarni o‘z ichiga oladi. 
Mazkur dialekt birligining shakllanishi XI asrdagi Qoraxoniylar
harakati bilan bog‘langan. 
Tarixiy jihatdan qarluq-chigil-uyg‘ur til birligiga Namangan, 
Toshkent, Andijon va O‘zbekistonning boshqa tumanlaridagi yirik 
punktlar aholisining shevalari taalluqlidir. 
Bu lahjaning shevalari O‘zbekistan territoriyasidan tashqarida ham 
ko‘p tarqalgan. Masalan, Qozog‘iston territoriyasidagi Turkiston
Chimkent, Sayram, Qorabuloq, Qoramurt, Iqon, Mankent
17
; Qirg‘iziston 
territoriyasidagi O‘sh, Jalolobod, O‘zgan va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bu lahjaga oid sheva vakillarini Afg‘onistonda ham 
uchratamiz. 
Ma'lumki, 
1630-yillarda 
o‘zbek 
urug‘laridan 
qatag‘onlarning 
bir 
qismi 
Shoshdan 
(Toshkent 
vohasidan) 
Afg‘onistonga ko‘chib ketganlar. O‘zbek shevalarini klassifikatsiya 
qilgan tadqiqotchilar bu lahja shevalarini turli guruhlarga kiritganlar
holbuki, mazkur shevalar o‘rtasidagi genetik va til jihatdan yaqinlik 
faqat tarixiy jihatdangina emas, balki hozirgi paytdagi holatida 
fonetikada ham, leksikada ham, ba’zi grammatik shakllarda ham ko‘zga 
yaqqol tashlanadi. 
17
Qorabuloq, Qoramurt, Iqon, Mankent shevalarining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiritilishiga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Bu shevalar o‘g‘uz lahjasiga oiddir. – A.S. 


97 
Uyg‘ur tiliga xos bir qator tipik xususiyatlarning, qisman 
“umlaut”ning mavjudligiga qarab Namangan shevasi, xususan, 
Namangan atrofidagi ba’zi qishloq shevalari, masalan, Uychi shevasi 
alohida o‘rin tutadi.
Bu lahjani tubandagi guruhlarga ajratish mumkin: 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling