O„zbekiston respublikasi


Valras, marjinal va iqtisodiy unumdorlik


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Valras, marjinal va iqtisodiy unumdorlik 
Valrasning umumiy muvozanat nazariyasi faqatgina talabga va 
undan keladigan foydaga asoslanmagan bo‗lib, taklif va undan marjinal 
unumdorlikning pasayishiga ham bo‗gliq edi. Bu yerda Valrasning 
ta‘rifida ham biroz noaniqliklar mavjud. Unga ko‗ra hech qanday 
marjinal mahsulot bo‗lmaydi, chunki bir omil boshqalarisiz o‗zgara 
olmaydi. Shunday qilib uning bu ta‘rifi umumiy muvozanat nazariyasiga 
turtki bo‗ladigan ikkinchi umumiy muvozanat modeli dadarajasiga 
erishmadi. Shunga qaramasdan u tahlillash mahsulot turli koyeffit-
siyentlarini sig‗dira olish darajasida keng bo‗lishi mumkinligini yozadi. 
O‗quvchi esa bunga amal qilishni o‗z qarashlariga bog‗liq qoldiradi. 
Valras tizimida mahsulot qanday o„ringa ega? 
Valras tizimi mahsulotni o‗z ichiga olgandek ko‗rinsada, diqqat 
bilan qaralganda u o‗zgarish modeli ekanligi va mahsulot bunga 
aloqador emasligi ayon bo‗ladi. Bunda boshlanishiga doimiy qaytish 
bo‗lsada, bu hech qanday muammoni keltirib chiqarmaydi, lekin 
qaytishda o‗sish bo‗lsa, bu modelda jiddiy muammo mavjud. 


213 
Iqtisodiyotning turli sohalarida bozorlar tomonidan yuzaga kelgan 
mo„tadil sharoit boshlang„ich iqtisodiyot uchun umumiy muvozanatga 
mos keladimi? 
Valras bu murakkab savolga javob berdim, deb o‗ylagan edi, aslida 
unday emas. Bu yerda doimiylik kuzatilishi natijasida yuzaga keladigan 
qat‘iy sharoitlar mavjud. 
Bozorlar tomonidan aniqlangan va umumiy muvozanat yechimi 
tomonidan berilgan noaniqliklar so„nggi mahsulotlarning, omillarning 
qiymatidir, so„nggi mahsulotlar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab 
qilinadi, omillar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab qilinadi. Bu 
yerda qiymat va miqdorning boshlang„ich iqtisoiyotning umumiy 
muvozanati uchun yagona to„plami mavjudmi? 
Valras murakkab umumiy muvozanat ko‗rinishlari mavjudligini 
tan oladi, umumiy muvozanat tahlili hali hamon bu bilan kurashishga 
majbur. Umumiy muvozanat nazariyachilari shartlar ostida bo‗ladigan 
noyob birlashgan muvozanatni keltirishdi, lekin bular biz iqtisodiyotdan 
kutishimiz mumkin bo‗lgan shartlar ekanligini ko‗rsata olishmadi. 
Modelga kimdir o‗z mulohazalarini kiritishga harakat qilganida masala 
yanada murakkablashadi. Bu modellarda murakkab muvozanat ko‗p. 
Murakkab muvozanat yuzaga kelish ehtimoli umumiy muvozanatni real 
hayotga tatbiq etishga to‗sqinlik qiluvchi muhim omillardan biridir. 
Murakkab muvozanat qanday qilib farqlar keltirib chiqaradi?
Muvozanat baqarormi yoki beqarormi? 
Muvozanat barqaror bo‗lishi shart emas, agarda model 
muvozanatdan chiqib ketsa, yana muvozanatga qaytadimi? Bu masala 
tezda o‗z javobini topdi, turg‗unlik uchun shartlar ko‗rsatildi. Bu shartlar 
hayotiylikka to‗g‗ri kelishi ko‗rsatilmadi. Ba‘zi hodisalar stabillikni 
tugatishi mumkin. Bu jarayon bozor ishlarida so‗nggi muvozanatga 
natija ko‗rsatmaydigan matematik o‗zgarishlarga olib kelishi mumkin. 
Boshqa tarafdan esa so‗nggi muvozanatga erishsa bo‗ladi, lekin uning 
holati tizimdagi o‗zgaruvchilar bilan birga bosgan yo‗liga bog‗liq. 
Shundan kelib chiqib turli xil so‗nggi muvozanat darajalari ehtimoli 
mavjud. 
Muvozanat qanday qilib yuzaga keladi? Kim narx-navoni belgilaydi va 
muvozanatsiz savdo holatida nima sodir bo„ladi? 
Hozirgi kunda mikroiqtisodiy munozaralarda o‗ziga xos rol 
o‗ynaydigan bu savol Valrasni ham ko‗p qiynagan. U og‗zaki va yozma 
nutqlarni o‗z ichiga olgan bir qancha dasturlarni va tatonoment 
jarayonni taklif etdi; auksioner (Valrasian Auksioner nomini qozongan) 


214 
barcha narx va takliflarni ko‗rib chiqadi va barcha bozorlar uchun aniq 
bo‗lgan narxlarni belgilaydi, shundan so‗nggina savdo-sotiqqa ruxsat 
beradi. 
Bu masalalar muhim ahamiyatga ega, ammo bular Valras 
muvaffaqqiyatlariga soya solmaydi. U hozirgi kunda barcha bilim ega-
lari beradigan savollar ustiga poydevor qurdi. Umumiy muvozanat 
mavjudligini va barqarorligini jamlash 1950- yillarda iqtisodchilarni 
yaxshigina band qilib qo‗ydi. Boshqa savollar hamon o‗ylantirmoqda. 
Valrasning tahlili matematik jihatdan mukammal bo‗lmasada, bu 1950-
yillar olimlari izlanishlari uchun yaxshigina tamal toshi bo‗ldi.
Valrasning 
muvaffaqqiyati 
manbasi 
bo‗lgan 
matematik 
yondashuvlari umumiy muvozanat nazariyasining ba‘zi omadsizliklariga 
ham sabab bo‗ldi. Valras o‗z modelida g‗oyalarni tahlil qilish uchun 
hech qanday amaliy harakat qilmadi. Umumiy muvozanat nazariyasi 
tahlili g‗oyalarni o‗lchash qiyinchiliklari orqali davrdan davrga o‗tib 
kelmoqda. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling