O„zbekiston respublikasi
Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
237 Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta‟sir etuvchi boshqa omillar J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta‘minlashda, milliy daromadni ko‗paytirishda investitsiyalarning roliga katta e‘tibor beriladi. Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. Investitsiyalar muammosi bu jamg‗armalarning investitsiyalarga ayla- nishi muammosidir. Agar investitsiyalar hajmi jamg‗armalar hajmidan ortiq bo‗lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o‗sish tamoyiliga ega bo‗ladi. Agar investitsiyalar jamg‗armalardan kam bo‗lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg‗armalarga teng bo‗lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‗zgarmay qoladi (Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.). Jamg‗armalar jiddiy to‗siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun nima qilish kerak? J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste‘moldan o‗zini tiyish iqtisodiy o‗sishning asosi, degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e‘tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo‗lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga xalaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. haqiqatan ham jamg‗armalarning ko‗payishi investitsiyalarning ko‗payishidan ustun bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to‗xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. J.M. Keyns bo‗yicha, jamg‗arma va investitsiyalar yangi klassiklar hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. jamg‗armalar va investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog‗liq bo‗ladi. Jamg‗armalar daromad o‗sishiga qarab ko‗payib boradi. investitsiyalar kapital qo‗yilmalaridan keladigan foydaga va foiz stavkasiga bog‗liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif bo‗g‗inini ko‗rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo‗ladigan vaziyatni mo‗ljallab qaror qabul qiladi, jamg‗aruvchi qo‗lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya‘ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi. 238 Jamg‗arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o‗sishiga qarab o‗zgarib turadi. Investitsiyalar hajmi J.M. Keyns bo‗yicha, kapital qo‗yilmalaridan keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me‘yorli unumdorligiga va foiz me‘yoriga bog‗liq bo‗ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo‗lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini ko‗paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo‗yilmasining me‘yorli foydaliligi foiz me‘yoridan pasayib ketmaguncha investit- siyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me‘yori yuqori bo‗lsa, jamg‗arma egalari o‗z mablag‗larini investitsiyalarga, kapital qo‗yil- masiga sarflamaydilar. Chunki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib olish yo‗li bilan ancha oson daromad topishi mumkin. Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz me‘yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda investitsion faoliyat to‗xtatiladi, turg‗unlik kelib chiqadi. Foiz me‘yori bo‗lajak investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me‘yori qancha past bo‗lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo‗ladi va aksincha. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling