O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Multiplikator 
J.M. Keyns investitsiyalarning ko‗payishi bilan milliy daromad-
ning ko‗payishi o‗rtasidagi bog‗liqlikni tahlil qildi. Uning ko‗rsatib 
berishicha, investitsiyalarning ko‗payishi milliy daromadning o‗sishiga 
olib keladi va u quyidagi formula ko‗rinishida ifodalanadi: 
K = 

Y /

I, 
bu yerda, K – multiplikator, 

Y – milliy daromadning o‗sishi, 

I – 
investitsiyalarning o‗sishi. 
Investitsiyalarning ko‗payishi va uning natijasida milliy daromad 
va aholining ish bilan bandligining o‗sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy 
samara sifatida ko‗riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyot-
larda multiplikator samarasi, deb ataladi. Multiplikator – bu son 
koeffitsiyenti bo‗lib, daromad o‗sishi bilan ushbu o‗sishni yuzaga 
keltirgan investitsiyalar o‗simi o‗rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. 
Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931- 
yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi 
to‗g‗risida so‗z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatori» 


239 
investitsiyalar bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan tarmoqlarda ish bilan 
bandlikning ko‗payishi o‗rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. 
J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariyasiga ko‗ra 
«qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o‗ssa, unda 
daromadlarning ko‗payishi investitsiyalar o‗simidan K marta ortiq 
bo‗ladi». J.M.Keynsning ta‘kidlashicha, bunday holatning sababi 
«psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko‗ra «real daromadning 
o‗sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini 
iste‘mol qilishni xohlaydi». 
Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, 
investitsiyalarning ko‗payishi daromadning ortishiga olib kelishini 
ko‗rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‗armani chiqarib tashlagandan 
keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning 
multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‗xtamaguncha shunday davom etib 
boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kishilarning 
jamg‗armaga bo‗lgan moyilligi qancha ko‗p (shunga muvofiq MRS 
miqdori kam) bo‗lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‗ladi. 
To‗la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, chunki 
bo‗sh turgan resurslarning bo‗lmaganligi sababali ishlab chiqarishni 
ortiqcha kengaytirib bo‗lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‗paymagan 
holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. 
Multiplikatsiyalashgan iste‘molning kengayishi baholarning o‗sishida 
ifodalanadi.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling