O„zbekiston respublikasi


J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o„rtasidagi ayrim farqlar


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o„rtasidagi ayrim farqlar 
11.1-jadval 
Monetarizm ham, keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash 
zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir 
davrda qo‗l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois iqtisodiy 
vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
 
Muhokama uchun savollar 
1. Monetarizm asosiy qoidalarining o‗ziga xosligi nimada? 
2. Ayirboshlash tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering. 
3. M.Fridmen bo‗yicha pulga bo‗lgan talab qanday omillar bilan 
aniqlanadi? 
4. Pul taklifi, deganda nimani tushunasiz? 
5. J.M.Keyns va M.Fridmen bo‗yicha pul massasi bilan YaIM 
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik qanday mexanizmlar orqali tushuntirib 
beriladi? 
6. M.Fridmenning pul qoidasining mohiyati nima? 
7. Monetarizm va keynschilik nazariyalarining o‗xshashligi va 
o‗ziga xosligini tushuntirib bering. 
 
Keyns 
Fridmen 
Davlatning bozor xo‗jaligiga 
aralashuvi zarur 
Bozor o‗zini o‗zi tartiblashga qodir 
Ish bilan bandlik yalpi talabga 
bog‗liq 
Iqtisodiyot o‗zi ishlab chiqarish va 
ish bilan bandlik darajasini 
o‗rnatadi 
Pul massasi ishlab chiqarishga 
nisbatan xolis (yomon ham, 
yaxshi ham ta‘sir etmaydi) 
Pul massasi – baholarning o‗sishi 
va konyunkturaning o‗zgarishi 
sababchisidir 
Asosiy muammo - ishsizlik 
Asosiy muammo – inflyatsiya 
O‗zgaruvchan pul siyosati lozim Barqaror pul siyosati zarur 
Byudjet kamomadi – talabni 
rag‗batlantirish vositasi 
Byudjet kamomadi – inflyatsiya 
sababchisi 


251 
 
 
XII BOB. INSTITUTSIONALIZM 
12.1.Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi 
rahnamolar 
Menger, Jevon, Valras va Marshallar taqsimot va qiymat nazariyasiga 
doir tahlillarni amalga oshira boshlashgan davrlarda ham ortodoks 
(umumiy hamma qabul qilgan) klassik nazariyasi nemis anti-ijtimoiy 
yozuvchilari tomonidan tanqid qilinar edi. Ushbu yozuvchilar 
qarashlarida ko‗zga ko‗rinadigan farqlar mavjud bo‗lib, ularning nemis 
tarixiy maktablariga umumiy jihatlari ko‗p edi. Germaniyada bu 
maktablar ta‘siri 1840-yillardan boshlandi va yigirmanchi asrgacha 
davom etdi. Ba‘zi tarixchilar nuqtayi nazarlari xilma-xilligi sababli buni 
Germaniyada muammolar o‗zgarishining katta ta‘siri, deb atashdi. 
Avvalgi va keyingi yozuvchilar o‗rtasidagi ortodoksal nazariyaga 
qarshiliklarni inobatga olib, eski va yangi tarixiy maktablarga 
taqsimlashdi. 
Tarixiy metodni qo‗llab-quvvatlovchi inglizlarni alohida bog‗langan 
guruhini shakllantirishmadi va shu sababli uni ingliz tarixiy maktabi, 
deyish nojoiz bo‗ldi. Ushbu ingliz va nemis yozuvchilari ma‘lum 
neoklassik iqtisodiyotga ko‗rsatgan ta‘sirlari sababli diqqatga sazovor 
bo‗lishdi (ayniqsa, Alfred Marshall). A.Marshall Germaniya va 
Qo‗shma Shtatlar iqtisodiy nazariyasi va siyosati yuksalishiga ham 
sezilarli hissa qo‗shdi (Germaniyada ko‗plab amerikalik iqtisodchilar 
ta‘lim olishgan).

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling