O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

11.2. IS-LM modeli 
Keynschilar ko`p o`tmay monetaristlar bilan fikrimiz bir xil bo`lib 
chiqadi, deb o`ylagan edi, lekin monetaristlar o`zlarining tushinishlari 
bo`yicha ulardan farq qilishgan. Bu muammo keyns-neoklassik tizimida 
qayta yechilgan va monetaristlar elastik bo`lmagan LM egri chizig`ini 
aytgan bo`lsalar, keynschilar esa elastik LM egri chizig`ini tatbiq 
etganlar. Natijada oxir-oqibat bu termin taqdimotlarda monetaristik va 
keynschilik ta‘lomoti birga keladigan neokeynschilik IS-LM modeli, deb 
yuritilib, ular faqatgina bir necha parametrlari bilan farq qiladigan 
bo`ldi.
 
11.3. Ayirboshlash tenglamasi 
M. Fridmen konsepsiyasi garchi o‗ziga xosligi bilan ajralib tursa ham, 
u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pul massasi ko‗paysa, 
baholar o‗sadi va aksincha, pul massasi kamaysa, baholar pasayadi, 
ya‘ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda tovarlarning baholari pul 
miqdoriga mutanosib tarzda o‗zgaradi.
 
Tovar aylanishini ta‘minlovchi naqd pul taxminan bir yillik 
daromadning o‗ndan bir qismini tashkil etadi, deb faraz qilaylik. 
Boshqacha aytganda, pul yiliga o‗n marta aylanadi. Pul bir yilda 10 
marta aylansa, unda misol uchun 10 mln. so‗mlik bir yillik daromadni 
(mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so‗m bo‗lishi kerak. Agar 
muomaladagi pul miqdori 1 mln. so‗mdan 2 mln. so‗mga ortsa, unda 
(boshqa shartlar o‗zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi. 
Bunday bog‗liqlik, ya‘ni muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat 
doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o‗rtasidagi 
bog‗liqlik Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasida ifodalanadi:
 
 
 
M • V = P • Q, 
bu yerda, M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish 
tezligi; P – baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlarning miqdori. 
Tenglamaning chap tomonidagi M • V xaridorlarning jami ishlab 
chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan umumiy sarflarini va pulning 
aylanish tezligini bildirsa, o‗ng tomonidagi P • Q esa, ushbu 
ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildiradi. Agar 


246 
M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan 
umumiy xarajatlar bo‗lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) 
teng bo‗lishi kerak, ya‘ni SMM = P • Q. 
Ayirboshlash tenglamasi funksional bog‗liqliklarni ancha aniq 
tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar, yo 
(Q) ishlab chiqarish miqdori o‗zgaradi. 
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) va ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o‗zgarishiga 
bog‗liq emas, deb hisobla-ganlar. Ularning fikriga ko‗ra, ishlab 
chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan, 
ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa 
ishchilarga har yili to‗lanadigan ish haqi miqdoriga o‗xshash omillar 
bilan ifodalanadi. 
Monetaristlar juda ko‗p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu 
haqida yuqorida aytib o‗tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab 
chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling