O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Milton Fridmen
(1912-2006) 244 Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko‗ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo‗jalik jarayonlariga aralashuvi iqtisodiyotning o‗zini o‗zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta‘minlagan holda pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog‗i lozim. Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen konsepsiyasini tasavvur qilish uchun uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‗llab- quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‗rib chiqamiz. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o‗zining ichki xususiyatiga ko‗ra barqarorlikka, o‗zini o‗zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta‘minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo‗ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. Bozor xo‗jaligining barqarorligi to‗g‗risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi to‗g‗risidagi tasdig‗iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma‘muriy, baholar dastak- lari, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada barqarorlashtirishga qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo‗lgan dastaklar sifatida baholagan bo‗lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi. Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o‗sish sur‘ati) va yalpi ichki mahsulot o‗rtasida o‗zaro chambarchas bog‗liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o‗sish sur‘atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etadi. Gap shundaki, pul massasidagi o‗zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta‘siri bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o‗zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli 245 o‗zgarishlarga mo‗ljallangan bo‗lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling