O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 


243 
 
 
XI BOB. MONETARIZM 
11.1. Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari 
1950-1960-yillar davomida keynschilik ta`limotiga qarshi moneta-
rizm ta‘limoti yuzaga keldi. Uning asosiy 
vakillaridan biri Milton Fridmen hisoblanadi. 
Uning 
ta‘limoti keynschilikka qarama-qarshi 
go`yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada 
pul hech qanday rol o`ynamagan va narxlarning 
tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb 
etmagan. Keynsning tadqiqotlarida pulni yetkazib 
berish va narxlarning shakllanishi o`z ifodasini 
topgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida rivojlangan 
davlat g`aznasi va qayta ta`minlash o`rtasidagi 
kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi, 
ya‘ni narxlarni eng past darajada saqlab turish 
uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fridman buni bajarish 
uchun har qanday turdagi o`zgarishlarni amalga oshirgan. Monetaristlar 
davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol 
o`ynashini ta`kidlab o‗tishdi. Shuning uchun monetaristlarning asosiy 
muommosi pul hisoblangan.
50

Monetarizm iqtisodiy ta‘limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur 
va nufuzli oqim bo‗lib, bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago 
universitetining professori, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sohibi 
Milton Fridmen (1912) o‗z g‗oyadoshlari – monetaristlar bilan birga 
pul massasi bilan ishlab chiqarish o‗rtasidagi bog‗liqlikni tadqiq qildilar. 
Monetarizm keynschilar ta‘limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan 
bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi 
ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko‗ra erkinlik va 
xususiy tadbirkorlik o‗rtasida ichki bog‗liqlik mavjud. Faqat xo‗jalik 
erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va 
tenglikka erishish mumkin.
50
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company 
Boston Toronto. P 440 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling