O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bekorchilar sinfi
Torsteye Vadlen
(1857-1929) 254 bo‗lgan. Shunday qilib Veblen fermaga qaytdi, kollejda yaxshi ko‗rgan qizi bilan oila qurdi va yetti yilini o‗qish va fikrlashga sarfladi. 35 yoshida Kornelda doktorlik ishi ilmiy darajasini himoya qildi. Hali ham akademik vazifa topishga layoqatsiz edi, u Chikago universitetidagi ilmiy darajani qabul qildi va nihoyat, iqtisodiyot instruktorligini tanladi. Unga siyosiy iqtisodiyot jurnali muharrirligi toprshirildi. U hech qachon universitet boshqaruvchisi sifatida tanilmadi va hech qachon to‗liq professorlik darajasiga yetib bormadi, hayotining qolgan qismini kollejdan kollejga ko‗chish bilan o‗tkazdi. Uning ziyrakligi natijasida Amerika kapitalizmi tanqidi ta‘minlandi. U deyarli hammasini e‘tiborsiz qoldirdi, lekin uning eng yaxshi talabalari yoki shaxsiy hayoti turmush bilan bog‗liq qiyinchiliklar va voqealar bilan chigallashgan edi. Bekorchilar sinfi Rasmiy sanoat bo‗linishi Veblen ta‘biri bilan aytgan bekorchi qatlamga ham tegishli edi. 1989-yilda Veblen o‗zining eng ommalashgan kitobi ―Bekorchi sinf nazariyasi‖ni nashr ettirdi. U o‗z davrining ko‗plab ilg‗or fikrli kishilarining sevimli kitobiga aylandi. Bu yerda u quyidagilarni muhokama qilish uchun boshlang‗ich tabaqalashtirishni qo‗lladi: ko‗zga koringan iste‘mol, isrofgarchilik, moliyaviy musobaqa va moddiy madaniyat ramzi sifatidagi kiyim. Bunda u quyi rivojlangan madaniyatlar haqida mulohaza qildi: insonlarning yoki qabilaning talonchilik qudrati o‗z boshliqlariga hurmatli maqom berib, yuqori ehtirom ko‗rsatiladi. Zamonaviy industrial iqtisodiyotda esa bu ta‘magirchilik kuchi jamiyatning kam sonli a‘zolari qo‗lida ko‗p foyda to‗planishida o‗zini ko‗rsatadi. Bu odatda tan olinmasada, bizning madaniyatimiz ularning paydo bo‗lishi uchun bir qancha mexanizm (qurilma, tizim)lar bilan ta‘minlaydi. Chunki moliyaviy bellashuvda boylik to‗plash kuchli motiv hisoblanib, u jamiyat orasida tezda yoyiladi. Biz xarid qilayotgan buyumlar bizning talonchilik qobiliyatlarimizni yaqqol ko‗rsatadi. Uy-joy, avtomobil va ayniqsa, kiyimlarimiz bizning talonchilik qatoridagi o‗rnimizni belgilovchi aniq nishondir. Agarda yer moliyaviy ishlar bilan band bo‗lsa, oila boyligini 255 ko‗rsatishni ayol o‗z zimmasiga oladi. Buni u kiyinish va turli buyumlarda ko‗rsatganidek, bir qancha xizmatkorlar ham moliyaviy ta‘minlanganlikning yorqin namunasidir. Ishlamaydigan tabaqa katta foyda ko‗ruvchi sinf bo‗lganligidan qanday ish qilsalar ham moliyaviy jabhada bo‗lar, mulkchilikning yo‗qligi ma‘qullanardi, lekin biror ish qilinishi kerak bo‗lsa yuqori menejment, moliya va bankchilik rasmiy ravishda ma‘qullanar edi. Huquqshunoslik yaxshi kasb, chunki ―huquqshunos qallob talonchining barcha ishlari tafsilotlaridan boxabar bo‗ladi‖ 52 . Bizning ishdan tashqari harakatlarimiz Veblen aytganidek, madaniyatdagi faxrli martabani egallash uchun bo‗lgan ishtiyoqimizga ta‘sir etadi. Injiner, kashfiyotchi kabi bir qancha odamlar texnologik ishlarda bo‗lishiga qaramasdan, Veblen qayd etganidek, amerikalik biznes odamlari kvantizm (barcha narsa xudodan, deb ishonuvchi ta‘limot) ruhini ―kelishuv, ogohlantirish, maxfiy bitishuv, asossiz ayblash‖ 53 kabi namoyish etadi. Lekin biznes odamlari foyda olib bo‗lmaydigan texnologik jamiyatdan naf ko‗rishadi. Uning qayd etishicha, ―samimiy, lekin yaxshi aytilgan amerikancha ibora bor ―Ovoz chiqarmagan to‗ng‗iz cho‗chqaning ham ovqatini yeydi‖ 54 . Veblenning fikricha, ilmiy va fan doirasida o‗qitilish odamni tadbirkorlikdan uzoqlashtiradi, amaliyotdagi tajriba bilimlar ortidan quvish bilan teng bo‗lmaydi. Talabalardan to akademik ma‘muriyatgacha boshqaruvchi universitet prezidentlarini ―bilimlar sardori‖ deb ataydi. Universitetlar bir-birlari bilan resurslarni sovurishda poyga o‗ynaydilar. Prezident va doimiy xodimlar yangi binolar, maydonlar va yer-mulk qurishga ta‘lim tizimi va dasturlaridan ko‗ra ko‗proq qiziqadilar. Mablag‗lar atletika, qonun, biznes maktablariga va universitetga ham, jamiyatga ham foydasi tegmaydigan rasmiy, norasmiy dabdabali tantanalarga sarflanadi. Veblen jamoaviy huquqlari yo‗q va ―vatan yigiti‖ bo‗lishga intilayotgan ―oyliklari odamlar oladigan maosh bo‗lmagan‖ ―professorlarni‖ 52 Thorstein Veblen, The Theory of the Leisure Class (Boston: Houghton Mifflin Company, 1973), p. 156. 53 Thorstein Veblen, The Higher Learning in America, p. 70. 54 Thorstein Veblen, The Higher Learning in America, p. 71. 256 oqlamaydi. Fakultetlarni nazorat qilish uchun prezidentlar ―hukmga qat‘iy amal qiluvchi va vafodor‖ 55 dekanlar va boshqa vazifalarni joriy etdi. Universitetlarga bilim maskanlari maqomini qaytarish uchun Veblen prezidentlikni va doimiy xodimlar boshqaruvini tugatishni taklif etadi. Ushbu satirik ko‗rinishdagi gaplari bilan u o‗z ishiga qanchalik jiddiy yondashganligini aytish qiyin, lekin buning amalga oshishi qiyinligini oldindan bilgan edi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling