O„zbekiston respublikasi
E.Denison: iqtisodiy o„sish «arifmetikasi»
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
15.4. E.Denison: iqtisodiy o„sish «arifmetikasi»
Biz iqtisodiy o‗sishning bir omili, (Xarrod, Domar) va ikki omilli (Duglas, Kobb) modellarini ko‗rib chiqdik. Amerika iqtisodchisi Edvard Denison ulardan farqli o‗laroq iqtisodiy o‗sish muammosiga omillarni maydalashtirish va detallashtirish orqali yondashdi. U turli mamlakatlardagi iqtisodiy o‗sishni aniq tasavvur qilish uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atiga ta‘sir etuvchi bir talay omillarning «hissasini» hisoblab chiqishga harakat qilgan. Denison G‗arbiy Yevropa, Yaponiya, AQSh mamlakatlarida o‗sish sur‘atlari nega bir-birlaridan keskin farq qilishini, unga ta‘sir etuvchi sabablarni (omillarni) aniqlashni o‗ziga maqsad qilib qo‗yadi. Bunda iqtisodiy o‗sishda qaysi omil birlamchi, qaysi omil ikkilamchi rol o‗ynashini ham tadqiq qiladi. Tahlil keng statistik materiallar yordamida olib borildi. 23 omil, jumladan, ta‘lim darajasi, professional tayyorgarlik, bilim tarqatish, 332 asosiy kapitalning ―yoshi‖ va boshqa omillar ta‘sirini aks ettiruvchi mufassal jadval tuzildi. Turli omillarning amal qilishi bir-biriga chirmashib ketdi. Ba‘zi omillar iqtisodiy o‗sishga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatsa, ba‘zilari bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Amerika iqtisodchisi barcha omillarni ikki guruhga ajratadi: «jismoniy» (mehnat va kapital) va «unumdorlik» (texnologiya, joylashish, ko‗lami, ixtisoslashuv). O‗z navbatida, yiriklashtirilgan omillar ancha mayda shakllarga ajratiladi; masalan, kapital – uy joy, xalqaro aktivlar, imorat-inshootlar va asbob-uskunalarni o‗z ichiga olsa, mehnat esa, ishchilarning soni, jinsi, yoshi bo‗yicha tuzilishi, ta‘lim va ishlatilgan vaqtni o‗z ichiga oladi. Mehnatni o‗lchashda ketma-ketlik uslubidan foydalaniladi. Avvalo, ishlovchilarning umumiy soni keyin unumdorlikka ta‘sir etuvchi ishlovchilarning sifat tavsifi hisobga olinadi va shunga o‗xshash. Denisonning statistik raqam, hisob-kitob va xulosalarini aniq tasavvur etish uchun uning «Iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi farqlar tadqiqoti» kitobida 12 mamlakat misolida alohida davrlar uchun berilgan tuzilgan quyidagi jadvalni ko‗rib chiqamiz. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling