O„zbekiston respublikasi
E.D. Domarlar (1914-y. tug„ilgan)
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
E.D. Domarlar (1914-y. tug„ilgan) tomonidan ishlab chiqilgan model
hisoblanadi. Ular taklif qilgan model hamohang bo‗lib, ularni odatda, Xarrod-Domar modeli, deb atash qabul qilingan. Mazkur model ikki shartga asoslanadi: 1) milliy daromadning o‗sishi faqat kapital jamg„armasi funksiyasi hisoblanadi, kapital qaytimining ko‗payishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi barcha boshqa omillar (bandlikning ko‗payishi, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash) hisobga olinmaydi. Demak, Xarrod va Domar modeli – bu bir omilli model. Ayni paytdagi kapital sig‗imida kapitalga bo‗lgan talab faqat milliy daromadning o‗sish sur‘atiga bog‗liq, deb faraz qilinadi; 2) kapital sig‗imi ishlab chiqarish omillari baholari nisbatiga bog‗liq emas, balki faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari bilan aniqlanadi. Keynschilik nazariyasida investitsiyalar iqtisodiy o‗sishning asosiy omili hisoblanadi. Jamg‗armalarning milliy daromaddagi hissasi doimiy, deb qaraladi. Jamg‗armalar S va investitsiyalar I tengligi – barqaror iqtisodiy o‗sishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Agar jamg‗armalar investitsiyalardan oshib ketsa, unda ortiqcha zaxira kelib chiqadi, asbob- uskunalardan to‗liq foydalanilmaydi, ishsizlik ko‗payadi. Bu hol 326 iqtisodiy o‗sishning pasayishiga olib keladi. Agar investitsiyalar jamg‗armalardan ortib ketsa, iqtisodiyotning ―zo‗riqib‖ ketishiga va narxlarning oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Muammo shundan iboratki, qisqa muddatli (―statik‖) va uzoq muddatli (―dinamik‖) davrlarda jamg‗armalar va investitsiyalar o‗rtasidagi nisbatlar bir xil ko‗rinishda bo‗lmaydi. Qisqa muddatli davrda jamg‗arma va investitsiyalar yakuniy summasi bo‗yicha teng keladi. Uzoq muddatli davrda esa boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bugun ajratilgan (taklif) jamg‗armalar, ertaga amalga oshirilishi mo‗ljallangan investitsiyalar qo‗yilmalariga (talab) muvofiq kelishi kerak. Joriy taklif va kutilgan talabning mos kelishi, bugungi jamg‗armalarni va ertangi investitsiyalarni muvofiqlashtirish juda katta muammo hisoblanadi. Agar konyunkturaga oid mulohazalarni hisobga olmasak, unda uzoq muddatli davrda bir tomondan, real jamg‗armalar va kutiladigan investitsiyalar nazarda tutiladi, ikkinchi tomondan, o‗rtacha ko‗rsatkichlarga emas, balki o‗sib boruvchi ko‗rsatkichlar, yakuniy (o‗sib boruvchi) omillarga e‘tibor qaratiladi, ularning ta‘sirida investitsiyalar tashkil etiladi. Bir omilli Xarrod-Domar modeli uzoq muddat davrdagi iqtisodiy o‗sish muammosini yechib berishga qaratilgan yordamchi vosita bo‗lib xizmat qiladi. Mazkur model dinamikada bo‗ladigan o‗zaro aloqalar xarakterini ochib berishga, ularni ancha aniq tasavvur qilishga yordam beradi. Dinamikadagi iqtisodiy o‗sish tenglamasi. Xarrod-Domar formulasi quyidagi ko‗rinishga ega: Y = S / K, yoki Y K = S, bu yerda: Y – iqtisodiy o‗sish sur‘ati, S – milliy daromaddagi jamg‗arma hissasi, K – kapitalning yaratilgan mahsulotga bo‗lgan nisbati (kapital sig‗imi koeffitsiyenti). Ko‗rsatilgan tenglamadan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiy o‗sish sur‘ati (Y) milliy daromaddagi jamg‗arma hissasining (S) kapital sig‗imi koeffitsiyentiga (K) bo‗lgan bo‗linmasiga teng. Y K ifodasi milliy daromaddagi sof investitsiya hissasini bildiradi. Nega bunday bog‗liqlik hisobga olinadi? 1. Sof jamg‗armaning milliy daromadga bo‗lgan nisbati, S. Sof jamg‗arma hissasi qancha ko‗p bo‗lsa, umuman olganda, investitsiyalar miqdori shuncha ko‗p bo‗ladi. Ularning o‗sishi qancha 327 yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati ham shuncha yuqori bo‗ladi: investitsiyalar o‗sishi bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida to‗g‗ri bog‗liqlik mavjud. 2. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti, ya‘ni kapitalning mahsulotlarga bo‗lgan nisbati, K. O‗sish sur‘ati kapital sig‗imi bilan bog‗liq. Kapital sig‗imi qancha yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati shuncha past bo‗ladi. Aksincha, kapital sig‗imi darajasi qancha past bo‗lsa (texnika taraqqiyoti, strukturali o‗zgarishlar tufayli), o‗sish sur‘ati shuncha yuqori bo‗ladi. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud. O‗sish sur‘atining son ko‗rsatkichlarda ifodalanishi. Xarrod-Domar formulasi qanday ishlashini AQSh misolida ko‗rib chiqamiz. O‗sish sur‘ati kapital qo‗yilmasining o‗sishiga va uning samaradorligiga (qaytimiga) muvofiq aniqlanadi. Ish bilan band bo‗lganlar sonining o‗sish sur‘ati kapitalning o‗sish sur‘ati bilan bir xil, deb faraz qilinadi. Oddiy va tushunarli bo‗lishi uchun raqamlar yaxlit ko‗rinishda beriladi. AQSh milliy daromadi 4000 mlrd. doll., milliy kapitali 12000 mlrd. doll. (1988-y.)ga teng, deb olamiz. Sof investitsiyalar sof jamg‗arma S miqdori bilan muvofiq ravishda uzoq vaqt mobaynida 9% teng bo‗lgan, yoki milliy daromad miqdorining 0,09 foizini tashkil etgan. Bu 360 mlrd. doll.ni tashkil etadi (0,09 4000). Barcha kapitalning mahsulotga (milliy daromadga) bo‗lgan nisbati ko‗rinishida kapital sig‗imi koeffitsiyenti K ga teng bo‗ladi: 3 (12000 : 4000). Bu ko‗rsatilgan miqdorlarni Xarrod-Domar modelida ifodalasak, quyidagi natijaga ega bo‗lamiz: Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling