O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
77 O„sha manbaa., 142-b 78 O„sha manbaa., 147-b. 321 Yetarlicha iste‟mol qilmaslik bo„yicha bahs-munozaralar Iqtisodiy o‗sish nazariyasiga qiziqish bilan parallel tarzda bozor iqtisodiyoti ish bilan to‗liq ta‘minlanganlikni ham yarata oladimi hamda mavjud zaxiralardan to‗la quvvatda foydalana olish uchun davlat iqtisodiyotga aralashishi lozimmi, degan xavotirlarning ham shakllanishiga olib keldi. Merkantalistlar mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni taqdim etish salohiyatini belgilab beruvchi kuchlarni tubdan anglab yetishni va ishlab chiqarish darajasi o‗zining potensial darajasiga ko‗tarilganligini aniqlab olishni istar edilar. Ko‗pchilik merkantalistlar shaxsiy va umumiy qiziqishlar o‗rtasidagi fundamental qarama- qarshiliklarni yaxshi bilishar edi va shuning uchun hukumat iqtisodiyotga aralashmasa, u tanazzulga yuz tutishiga ishongan edilar. Ularning bahsi ikki xil ko‗rinishda edi: birinchisi, Djon Boden fikrini qo‗llab-quvvatlovchilar bo‗lib, unga ko‗ra shaxsiy qiziqish monopoliyaga olib kelardi va monopoliya o‗z navbatida ishlab chiqarishni cheklab qo‗yardi; ikkinchisi esa, muayyan alohida shaxslar xorijiy mollarni sotib olishsa yoki saqlasa, mahalliy mahsulotga bo‗lgan talab pasayib, iqtisodiyot zaiflashishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan edilar. Merkantalistlar iqtisodiyot to‗lov balansi me‘yorini namoyish etishi va davlatning pul zaxirasini ta‘minlovchi oltin miqdorining oshishiga olib kelishi uchun hukumat mahalliy va xorijiy savdoni tartibga solishi kerak, degan fikrda edilar. Merkantalizm klassik iqtisodiyotni shakl- lantirganidan so‗ng iqtisodiyotga hukumatning aralashuviga bo‗lgan munosabat ham keskin o‗zgardi. Ilgarigi merkantalistlardan farqli o‗laroq, Adam Smit raqobatbardosh bozor kuchlari ―ko‗rinmas qo‗l‖ tomonidan boshqarilishiga qaramasdan umumiy manfaatlar uchun xizmat qilishi sababli shaxsiy manfaatlardan ko‗ra sezilarli darajada kuchliroq ekaniga ishonar edi. U boshqa merkantalistlarning monopoliya ishlab chiqarishni pasaytiradi, degan fikriga qo‗shiladi, ammo uni nazorat qilishga mo‗ljallangan usullar, ya‘ni hukumatning savdo va monopoliyalarni nazorat qilishi masalani yaxshilash o‗rniga yanada yomonlashtirishini ta‘kidlab o‗tgan. Shunday qilib, u mavjud zaxiralardan to‗liq foydalanish uchun eng maqbul siyosat bu "lesse- fer"ga va raqobatga tayanish, degan fikrni ilgari suradi. Smit bozorlarni gullab-yashnashiga zamin yaratuvchi "lesse-fer" siyosati ish taqsimotini, ixtisoslashuvni va texnologik taraqqiyotni qo‗llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o‗sishni yuzaga keltiradi. deb ta‘kidlablaydi. O‗sishni yuzaga keltirish borasida fikr yuritganda Marks ham ushbu tendensiyaga alohida 322 urg‗u berib o‗tgan. Lekin Marks o‗z tahlillaridan turli xulosalar chiqargan. U o‗z e‘tiborini iqtisodiy o‗sishga sabab bo‗luvchi olingan foydaning noteng taqsimotiga va uning siyosiy va ijtimoiy sohalarga bo‗lgan ta‘siriga qaratgan. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar merkantalistlarning g‗oyalariga qarshi chiqishdi. Ular jamg‗arilgan mablag‗lar avtomatik tarzda sarmoya xarajatlariga aylantiriladi, degan fikrni ilgari surishgan, chunki mablag‗ni jamg‗araman degan qarorga kelishning o‗zi sarmoya kiritaman degan qarorga teng, deb ta‘kidlashgan. "Lesse-fer" iqtisodiyoti mavjud zaxiralardan to‗liq foyladanish imkonini yaratadi, degan taklif fanda Sey Qonuni, deb yuritiladi va bu klassik va neoklassik iqtisodiy g‗oyaning markaziy elementiga aylandi. Klassik iqtisodchilar ham savdo balansini yuritish orqali oltin zaxirasini boyitish lozim, degan merkantalistik bahslarga qarshi hujum tashkil etishgan hamda mamlakatning boyligi qandaydir bir qimmatbaho metall yordamida emas, balki sof ishlab chiqarish orqali o‗lchanishini ta‘kidlashgan va erkin savdoga yo‗l ochish bilangina davlat xorijiy raqobatdan ustun kelishi mumkinligiga e‘tibor qaratishgan. Klassik iqtisodchilar, xususan, Smit va J.S. Mill bozor kuchlari a‘lo darajada ishlamasligini va alternativlariga qaraganda yaxshiroq faoliyat olib borgan bozor saqlanib qoladi, degan fikrga qo‗shilishadi. Tomas Maltusdan tashqari 1800-yildan 1930-yilga qadar olib borilgan biznes doiralari tahlillari bid‘at, deb qaralgan va Karl Marks, Mixail Tugan- Baranovskiy va J.A. Xobson kabi iqtisodchilar faoliyatiga asosiy bo‗lmagan oqim sifatida qarab kelingan. Bozorlar iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin, degan klassik yondashuv iqtisodiy talabni monetar va moliyaviy kuchlardan haqiqiy kuchlarga yo‗naltirdi hamda makro- iqtisodiy masalalarning klassik tahlili haqiqiy va nominal kuchlar o‗rtasidagi dixotomiyani qabul qildi 79 . Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling