O„zbekiston respublikasi
Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi
- Valyuta kursi normativligi nazariyasi
Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun, F.Grexem) qat‘iy belgilangan paritet rejimini qo‗llashni taklif qilishgan. Bunda to‗lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning o‗zgarishiga yo‗l qo‗yilgan. Ularning fikricha, valyuta kursining o‗zgarishi – to‗lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas, chunki tashqi bozordagi narxlarning o‗zgarishiga valyuta kursining o‗zgarishi yetarlicha ta‘sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi prinsiplarida o‗z ifodasini topgan. Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi Bu nazariyaning mohiyati qat‘iy belgilangan valyuta kursiga nisbatan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimining quyidagi ustunliklarini asoslashdan iborat: 313 To‗lov balansining avtomatik tekislanishi. Tashqi muhitga bog‗liq bo‗lmagan holda milliy iqtisodiy siyosat usullarining erkin tanlanishi. Valyuta spekulyatsisining oldini olish, chunki suzib yuruvchi valyuta kursida valyuta operatsiyasida qatnashuvchi tomonlar foydasi nolga teng bo‗ladi, ya‘ni biri foyda qilsa, ikkinchisi shu miqdorda zarar ko‗radi. Xalqaro savdoni rag‗batlantirishi. Davlatning valyuta kursini o‗rnatishiga ko‗ra valyuta bozorining o‗rnatgan valyuta kursi yaxshiligi. Monetar iqtisodchilar fikriga ko‗ra valyuta kursi bozordagi talab va taklifga asosan erkin tebranib turishi lozim, davlat esa kursni tartibga solishi lozim emas. Valyuta kursi normativligi nazariyasi Bu nazariyaga ko‗ra valyuta kursi iqtisodiyotni tartibga soluvchi qo‗shimcha vositadir. Bunda egiluvchan kurs rejimi taklif qilingan bo‗lib, bu kursni davlat nazorat qilishi lozim. Bu nazariyaning normativ nazariya, deb atalishiga sabab bunda valyuta kursi paritetga va xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan kelishuvlarga asoslanadi. Barcha valyuta kursi nazariyalari tarafdorlarini ikki guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhdagilar eksportyorlar manfaatini himoyalash maqsadida valyuta kursini pasaytirishga qaratilgan davlat valyuta siyosatini yuritishni xohlasalar, ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy qonun-qoidalar asosida valyuta kursini erkin tebranishi tarafdorlaridir. Ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy muvozanatga davlatning aralashuvisiz erishishni ko‗zda tutadilar. Bunda valyuta kursi nazariyalari valyuta kursining oshishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi, degan fikrni ma‘qullaydilar. Shuningdek, bu valyuta kursi nazariyalari asosida mamlakat iqtisodiyoti uchun to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan valyuta kursini tushirish davlat uchun foydali emasligini isbotlashgan. Eksportyorlar tarfdorlari fikrlarini davlatning valyuta kursini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini (devolvatsiya) ma‘qullaydilar. Buning asosiy maqsadi eksportni rivojlantrish va to‗lov balansining ijobiy saldosini ta‘minlashdir. Lekin valyuta kursini o‗rnatishda barcha makroiqtisodiy parametrlarni (YaIM o‗sish darajasi, inflyatsiya va boshqalar) hisobga olish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling