O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Muhokama uchun savollar
1. Xalqaro savdo mohiyati va tushunchasi. 2. Xalqaro savdoning nazariy asoslariga kimlar tomonidan asos solingan? 3. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir ko‗rsatgan? 4. Sizning fikringizcha, XXI asrda tashqi savdoning rivojlanishiga asosan qanday omillar ta‘sir ko‗rsatadi? 5. Mintaqaviy integratsion jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoning rivojlanishiga qanday ta‘sir ko‗rsatmoqda? 6. Mutlaq ustunlik nazariyasini tushuntirib bering. 7. Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering. 8. Xalqaro savdoning qanday yangi rivojlanish nazariya va modellari mavjud? 9. Xalqaro savdo nazariya va modellarining amaliy tatbiqini tushuntirib bering. \ 315 XV BOB. IQTISODIY O„SISH TO„G„RISIDAGI NAZARIYALAR 15.1.Iqtisodiy o„sish to„g„risidagi dastlabki nazariyalar Makroiqtisodiyotga berilgan e‘tibor va taqsimot masalalari Rikardoning 19-asrning 1 choragida olib borilgan ta‘limotlaridan tortib to 1930-yillarigacha, ya‘ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk depressiya sharoitlarigacha o‗z ustunligiga ega bo‗lib keldi. Josef Shumpeter iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bo‗yicha o‗zining mashhur kitobida (iqtisodiy o‗sishga oid g‗oyalari) iqtisodiy o‗sishga doir fikr bildiruvchi iqtisodchilarning ikki turi: optimistlar hamda pessimistlar mavjudligini aytib o‗tadi. U bozor iqtisodiyoti iqtisodchilari Maltus, Rikardo va Jeyms Mill singari kuchli pessimist guruhlari o‗rtasiga tushib qolishini nazarda tutadi. Shu kabi bozor iqtisodiyoti olimlari hattoki, ijara haqi oshayotganda ham tushum miqdorining kamaytirilishini va iqtisodiyot gullab-yashnayotgan statsionar holat tomon borishini yoqlashadi. Shuningdek, ular iqtisodiyot o‗tgan davrlarga qaraganda yuqori sur‘atlarda o‗sayotgan sharoitlarda ham ushbu fikrlarida turib olishadi. Shumpeter ta‘kidlab o‗tganidek, ular ―Texnologik yangilanish va kapital darajasidagi o‗sish kabi jarayonlar oxir-oqibat tushumlar miqdoridagi kamayishlarni aks ettiruvchi adolatli qonun ustidan murosaga kelishini ta‘kidlab o‗tadilar‖ 74 . Asosiy bozor iqtisodiyoti olimlari ichida bunga istisno tariqasida J.S.Mill maydonga chiqdi, u Maltus va Rikardo qarashlarida aks etgan iqtisodiy o‗sish va texnologik jarayonlar haqida ko‗proq fikr bildirib, davomiy iqtisodiy o‗sish nazariyasi to‗g‗risida o‗zining optimistik fikrlarini keltirdi. Ammo Mill qarashlarini yaqindan o‗rganish u texnologiya va kapitalning davomiy sur‘atlarda rivojlanishi to‗g‗risida, ya‘ni har qanday jamiyatlar o‗zining tug‗ilish darajalarini cheklab borishini hamda shundan kelib chiqqan holda marjinal daromadlar miqdorining muqarrar tarzda kamayib borishining sekinlashishi kerakligini asoslab bera olmaganligini tasdiqlaydi. Mill umrining oxirlariga kelib, pessimistik g‗oya vakiliga aylandi. U statsionar holat yaqin kelganligiga ishonch hosil qilgandek bo‗lib ko‗rindi. Ammo ushbu holat yetarlicha yomon natijaga yetaklaganligini 74 J. A. Schumpeter, History of Economic Analysis (New York: Oxford University Press, 1954), p. 571. 316 ko‗ra olmadi. U statsionar holatni ijtimoiy tenglik hamda o‗rtacha rivojlanish darajasiga ega bo‗lgan qulay holat sifatida ko‗rdi. Bu kabi holatni keltirib o‗tishi aniq bir hol edi, chunki u daromadlar taqsimlanishi ijtimoiy hamda iqtisodiy kuchlar tomonidan aniqlanishi shartligini ifodalab o‗tgan edi. Bu Genri Kerri (1793-1879) va Fridrix List singari noortodoks iqtisodchilarning optimistik qarashlarini qo‗llab-quvvatlashga bo‗lgan nazariyalariga teskari holat edi. 12-bobda ta‘kidlab o‗tilganidek, iqtisodchi List o‗z nazariyasi orqali empirik kuzatuv va tarixiylik metodini qo‗llagan nemis tarixiy maktabi namoyondalaridan biri edi. Iqtisodiyot o‗zining o‗tgan davriga qaraganda yuqori sur‘atlarda rivojlanayotganligini seza olganligi sababli ham iqtisodiy o‗sish cheksiz tarzda davom etib borishiga ishonch hosil qilish unga hech qanday qiyinchilik tug‗dirmagan. Karri yuqoridagi nazariyani rad etgan hamda tarixiylik va empirik kuzatuv metodlarini yoqlab chiqqan Amerika iqtisodchisi hisoblanadi. Optimist iqtisodchilar List va Barey savdo tariflarining joriy etilishi kerakligini bildirishganida pessimist iqtisodchi Rikardo tomonidan erkin savdoning qo‗llab-quvvatlanishi qiziq bir holat edi. Bu farq esa nazariyaning amaliyotdan yiroqligini va farazdan foydalanish zarurligini nazarda tutdi. Rikardoning nazariy asoslangan ―qiyosiy ustunlik modeli‖ erkin savdo siyosatining ustunlik tomonlarini aks ettirdi. Ammo modelning statik ko‗rinishi savdo tushumlariga erishilgan bir paytda, iqtisodiy o‗sish to‗xtab qolishi mumkinligini ifodalar edi. List va Kerri nazariyaga kamroq, lekin kuzatish va tarixiylik metodlariga ko‗proq e‘tibor qaratdilar. Iqtisodiyotning bevosita kuzatuvlari texnologiyaning muhimliligini va uzluksiz iqtisodiy o‗sish ehtimoli bo‗lishligini aniqlab berdi. Mazkur texnologiyalarni tariflar orqali tartibga solish muhim ekanligi taklif etildi. Smitning savdo mehnat taqsimotini yo‗lga qo‗yish orqali texnologiyalarni takomillashtirishi, shuningdek, hamma uchun foydali bo‗la olishligi to‗g‗risidagi qarashlari ustida bahs olib borish ancha qiyin masala hisoblanadi; Ushbu davrning bozor iqtisodchilari List va Kerrining fikrlariga qarshi hujum qilishdi hamda iqtisodchilar nazariy xatolarga yo‗l qo‗yganliklarini ko‗rsatib o‗tishdi. Ammo bozor iqtisodchilari List va Kerri qarashlarining asl mohiyatini, ya‘ni kamayib boruvchi marjinal daromadlar texnologik jarayonlar orqali butunlay ustunlikka ega bo‗lishini tushuna olishmadi. Zamonaviy iqtisodiyot namoyondalari ham Marksning iqtisodiy o‗sishni o‗zida ifodalagan qarashlariga e‘tibor berishmadi. 317 Yangi klassik iqtisodiyot shakllanib borishi natijasida iqtisodiy o‗sishga qaratilgan e‘tibordan chetlanishlar tezlasha bordi. Alfred Marshalldan istisno tariqasida, yangi klassik iqtisodchilari Millning iqtisodiy o‗sish qarashlarini e‘tirof etdilar hamda statik tenglik tushunchasiga alohida e‘tibor qaratib o‗tdilar. Mill va Marshall fikrlariga ko‗ra texnologik jarayonlar takomillashuvi iqtisodiy o‗sish holatini vaqtinchalik keltirib chiqarishi, ammo qishloq xo‗jaligi va xomashyo materiallari misolida olib qaralganda kamayib boruvchi daromadlar qonuni oxir-oqibat ustun kelishi aks ettirilgan. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling