O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
309 14.7.Valyuta kursi nazariyalari Valyuta kursini belgilashda har bir mamlakat o‗z iqtisodiy holatidan kelib chiqib, hozirgi kunda tadqiq qilinayotgan valyuta kursi nazariyasiga suyanadi. Valyuta kursi nazariyasi turli valyutalar orasidagi nisbat, uning omillar ta‘sirida o‗zgarish darajasini o‗rganadi. Aniq va ishonchli xulosalar, tadqiqotlar natijasi mamlakatda qanday valyuta kursi rejimini tanlash, ya‘ni valyuta kursining o‗rnatilish usulini hamda uni tartibga solish yo‗llarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Valyuta kursining o‗rnatilishi hozirgi amaliyotda valyutaning to‗lov qobiliyati paritetiga asoslangan. Valyuta kursi ilgari oltin standart va qat‘iy belgilangan kurslar pariteti orqali o‗rnatilgan. To‗lovga qobiliyatlilik pariteti asosida o‗rnatilgan kurs valyutaning real kursini ifoda etadi. Shuningdek, to‗lovga qobiliyatlilik pariteti ko‗rsatkichi makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni (YaIM va boshqalar) bir valyutada hajmini hisoblash orqali xalqaro taqqoslashda keng qo‗llaniladi. 50-yillar o‗rtalaridan boshlab to‗lovga qobiliyatlilik pariteti asosida mamlakatlar makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari yagona valyutada hisob- lanadi va taqqoslanadi. To‗lovga qobiliyatlilik pariteti - bu mamlakatning bir birlik valyutasida sotib olish mumkin bo‗lgan ma‘lum bir mahsulotlar va xizmatlar majmuyini A mamlakat valyutasini sotib olish uchun yetarli bo‗lgan pul miqdori. Ammo biz bilamizki, hozirgi kunda valyutalar kursi to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan haqiqiy baho kasb etmaydi. 90-yillarga kelib to‗lovga qobiliyatlilik pariteti va haqiqiy valyuta kursi orasidagi nisbatni o‗rganish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Sababi shu paytga kelib bu ko‗rsatkichlar orasidagi nisbat keskin o‗zgara boshladi. Natijada mamlakatalarning iqtisodiy holatini baholovchi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash birmuncha noaniqliklarni keltirib chiqardi. Bu taqqoslashlarni amalga oshirish uchun nazariy valyuta kursi funksiyasini bajaruvchi to‗lovga qobiliyatlilik pariteti foydalanila boshlandi. Shuningdek, bu paritetning o‗zgarishi orqali valyuta kursining o‗zgarishi darajasi ham aniqlana boshlandi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida valyuta kursi muvozanatini ta‘minlash shu paritet orqali amalga oshirilishi mumkin. 310 Hozirgi xalqaro iqtisodiyotda valyuta kursi va to‗lovga qobiliyatlilik pariteti orasidagi nisbat rivojlangan mamlakatlar uchun saqlanib qolmoqda. Boshqa mamlakatlarda bu nisbat birmuncha farq qiladi. To‗lovga qobiliyatlilik pariteti AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Uzoq muddatli rejada tashqi iqtisodiy aloqalar yordamida aniqlangan davlatlararo to‗lovga qobiliyatlilik pariteti valyuta kurslarida aks ettiriladi va ularning o‗zgarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan to‗lovga qobiliyatlilik pariteti valyuta kursining muvozanat nuqtasi bo‗lib xizmat qiladi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‗tish davlatning to‗lovga qobiliyatlilik pariteti orqali ifodalangan iqtisodiy potensiallarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bugungi dunyo bozori sharoitida valyuta kursining muvozanat nuqtasi paritet bilan muvofiqlashuvi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadi yuqori bo‗lgan davlatlarda saqlanmoqda. Jon boshiga daromadi o‗rta va past bo‗lgan davlatlarda mazkur muvozanat nuqtasi olingan. Ya‘ni o‗rtacha rivojlangan davlatlarda valyuta kursi undagi paritetning ikki baravari yoki undan ortiq darajada belgilanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, milliy valyutaning mos ravishda 50% va 25% darajasida belgilanmoqda. Unda valyuta kursi undagi paritetning ikki, to‗rt baravi darajasida belgilanadi. Valyuta kurslari ana shu yangi nuqtalar atrofida o‗zgarmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotga bo‗lgan ta‘sirining o‗sib borishi har bir davlat tomonidan valyuta kursi va to‗lovga qobiliyatlilik pariteti o‗rtasidagi munosabatni, uning boshqa davlatlar bilan farqini o‗rganishni taqozo etadi. To‗lovga qobiliyatlilik pariteti va valyuta kursi orasidagi tafovut asosida guruhlangan mamlakatlar o‗rni iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rniga, yoki jon boshiga to‗gri keladigan daromadiga ko‗ra o‗rniga nisbatan mos tushadi. Aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi daromad yuqori bo‗lgan davlatlar uchun valyuta kursini to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatining qiymati 1 dan kichik yoki teng. Bu davlatlar valyutalarining xarid qobiliyati ichki bozorga nisbatan tashqi bozorda yuqoridir. Bu holat kuchli valyutaga ega davlatlarning tashqi bozordagi xaridorlik o‗rnini ta‘minlaydi. Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanish darajasining valyuta kursi darajasiga bo‗lgan ta‘siri kuzatilmoqda: paritetining asosi bo‗lgan iqtisodiy rivojlanish darajasi valyuta kursining paritetdan farqini ifodalaydi. 311 Milliy valyuta kursini to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan past darajadaligiga ega davlatlar quyidagi xususiyatlarga ega. Birinchidan, aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan YaIM hajmi rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, AQSh darajasiga nisbatan 80-85 % ni tashkil qiladi. O‗tish iqtisodiyotidagi davlatlarda bu ko‗rsatkich past bo‗lib AQSh darajasining 20-25%ini tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida bu ko‗rsatkich juda ham past bo‗lib 10-15% ni tashkil qiladi. Tabiiyki, milliy valyutani dollar ekvivalenti darajasida belgilasak, yuqoridagi ko‗rsatkichlarda o‗zgarish yuz beradi. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, valyutani tartibga solishning turli usullarini qo‗llash orqali ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, Malayziya va boshqalar) milliy valyuta barqarorligini oshirishga erishmoqdalar. Rivojlanish yo‗lidan borayotgan O‗zbekiston va boshqa davlatlarda valyuta kursiga bo‗lgan ta‘sir ikki yo‗nalishda bo‗lmoqda. Devalvatsiyaga undovchi faktorlar ikki tomonlama, ya‘ni ijobiy va salbiy jihatdan ta‘sir etadi. Bunda salbiy ta‘sir qarzning oshishi hisoblansa, ijobiy faktor bo‗lib kelajakda raqobatning va eksportning milliy valyutaning arzonlashuvi asosida amalga oshirilishi hisoblanadi. Eksportni oshirish ijobiy savdo balansini ta‘minlash, ichki jamg‗armani to‗ldirishga, oltin-valyuta rezervlarini ko‗paytirishga yordam beradi. O‗zbekistonda eksport hajmi YaIMga nisbatan 23%. Ko‗pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo balansining ijobiy saldosiga erishish uchun xomashyo resurslari eksport qilinmoqda. Ammo xomashyoning eksportiga asoslangan iqtisodiy siyosat natijasida davlat tashqi bozordagi o‗zgarishlarga va narx-navo dinamikasiga bog‗liq bo‗ladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida xomashyo narxlari haddan ziyod pasaydi va bu holat arzon xomashyo eksportini vujudga keltirdi. Valyuta kursini o‗rnatishda to‗lovga qobiliyatlilik bilan birga quyidagi nazariyalar ham qo‗llaniladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling