O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
ning
hayotiy sikli nuqtayi nazaridan ko„rilgan xalqaro investitsiyalar va xalqaro savdo” maqolasida e‘lon qilingan. AQSh eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur nazariyaning yaratilishiga bevosita turtki bo‗ldi. Tahlil natijalari jahon bozorida raqobatbardoshlik asosini tashkil etuvchi tarmoqlar majmuyining o‗zgarib turishini ko‗rsatib berdi. XX asr boshiga kelib bunday tarmoqlar jumlasiga to‗qimachilik va o‗rmon-texnik sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-yillarning oxiriga kelib tarmoqlar majmuyi va tartibi o‗zgardi (birinchi o‗ringa mashinasozlik chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg‗or eksport qiluvchi tarmoqlar qatoriga qo‗shildi), 60-yillarning boshiga kelib esa, transport vositalari, asbob- uskunalar, kimyoviy tovarlar, elektr uskunalari va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport qiluvchi tarmoqlari majmuyini tashkil etdi. Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili natijalari eksport tarmoqlarida ilmsig‗imli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tarmoqlarning roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli ―ilmsig‗imli tarmoqlar‖ atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig‗imli tarmoqlar oldingi qatorga ko‗tarildi va ular mamlakatning jahon bozoridagi raqobat qudratini belgilab bermoqda. ―Ilmsig‗imli‖ atamaning muomalaga kiritilishi ishlab chiqarish omillari to‗g‗risidagi tushunchani qayta ko‗rib chiqishni taqozo etadi. Ilmsig‗imli mahsulot – mehnat sig‗imli mahsulotning o‗zgargan shaklidan boshqa narsa emas. Ko‗pchilik ilmiy-texnik xodimlar (barcha 303 yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqoriligi va ko‗p sonli yuqori malakali ishchilarning mavjudligi tufayli ilmsig‗imli mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda ishchi kuchiga to‗g‗ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining hissasi ham har xil bo‗ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jihatidan bir xil, deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‗llash xatodan xoli emas. Shu bois ―mahsulotning hayotiy sikli‖ nazariyasi mualliflari mehnatni bir qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati, malakasiz mehnat va b. Shunday qilib, ikki omilli model ko‗p omilga aylandi, ya‘ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal qiladi. Har bir omil ahamiyatining o‗zgarishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarishning uch fazaga (ular ―mahsulotning hayotiy sikl‖iga mos tushadi) bo‗linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab bo‗ldi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling