O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

“Leontevcha ziddiyat” 
Amaliyot shu narsani ko‗rsatib berdiki, ishlab chiqarish omillari 
konsepsiyasi tashqi savdoga, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ta‘sir 
etuvchi turli xil omillarning hammasini hisobga olishga qodir emas. 
Masalan, Xeksher-Olin modeli nega Shveytsariya farmatsevtika 
tovarlarini 
eksport 
qilishga 
ixtisoslashgan, 
Amerika 
shaxsiy 
kompyuterlarni ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi, Yaponiya kundalik 
elektronika buyumlarining yirik eksportchisi hisoblanadi, kabi 
savollarga javob bera olmaydi. 
Mazkur nazariyaning to‗g‗riligini AQSh iqtisodchisi V.Leontev 
tekshirib ko‗rdi. Ma‘lumki, Amerika kapitali ko‗p mamlakat 
hisoblanadi. Shu bois u kapital sig‗imli tovarlarni eksport, mehnat 
sig‗imli tovarlarni import qiladi, deb taxmin qilingan. Natija uning 
teskarisini, ya‘ni AQSh kapital sig‗imli tovarlarni emas, balki ko‗proq 
mehnat sig‗imli tovarlarni eksport qilishini, kapital sig‗imli tovarlarni 
esa ko‗proq import qilinishi ko‗rsatdi. Bu holat ―Leontevcha ziddiyat‖ 
nomini olgan. 
Leontev olib borgan hisob-kitoblarning to‗g‗riligini boshqa 
iqtisodchilar ham tasdiqlashgan. Ma‘lum bo‗lishicha, tashqi savdo 
tuzilmasida bunday mos kelmaslik boshqa mamlakatlarga ham xos 
bo‗lgan. Tashqi savdo sohasi mutaxassislari alohida mamlakatlar 


302 
savdosiga va bir butun jahon savdosi tuzilmasiga ta‘sir etuvchi omillar 
juda ko‗p, xilma-xil va o‗zgaruvchan bo‗ladi, degan fikrga kelishgan. 
Ularning ta‘sir ko‗rsatish ahamiyati ham har xil. 
 
14.4. Mahsulotning hayotiy sikli 
Klassiklarning qiyosiy ustunlik nazariyasida ba‘zi bir savollar o‗z 
yechimini topmaganligi (masalan, eksport tuzilmasi dinamikasi 
qonuniyatlari qanday, nega bir xil tarmoqlar oldinga siljisa, ikkinchisi 
orqaga surilib ketadi) xalqaro mehnat taqsimoti muammosiga bo‗lgan 
yangi yondashuvlarning kelib chiqishini taqozo etdi. Shunday 
yondashuvlardan biri ―Mahsulotning hayotiy sikli‖ konsepsiyasi 
hisoblanadi. Bu nazariyani ishlab chiqishda M.Pozner, L.Uells va 
boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin birinchi marta bu nazariyaning 
tasnifiy bayoni 1966-y. atoqli amerika olimi R.Varronning “Mahsulot-

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling