O„zbekiston respublikasi


―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 157-b


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
73
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 157-b. 


300 
14.3. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi 
Qiyosiy ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko‗rinishi) 
shved iqtisodchilari Eli Xeksher (1879–1952) va Bertil Olin (1899–
1979) ishlab chiqqan ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi 
hisoblanadi. 
D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlarni tabiiy va 
geografik sharoitlar tufayli kelib chiqadigan farqlar bilan aniqlanishi 
nuqtayi nazaridan ko‗rib chiqqan. Bu prinsip umuman to‗g‗ri, lekin 
yetarli emas. Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo 
qilinmaydi. Tashqi savdo ayirboshlanishida sanoat ishlab chiqarishi 
tovarlari va xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish 
va 
sotishda, 
jahon 
narxining 
shakllanishida tabiiy sharoitlardan ko‗ra boshqa omillar ko‗proq rol 
o‗ynaydi. Masalan, Shvetsiya tashqi bozorga murakkab sanoat mah-
sulotlarini – avtomobillar va rolikli podshipniklarni, tog‗-kon uskunalari 
va dengizda ishlatiladigan motorlarni yetkazib berish bilan samarali 
savdo qiladi. Ko‗p sohalarda raqobat ustunligini qo‗lda ushlab turgan 
aynan shu mamlakatda tashqi savdo nazariyasining yaratilishi bejiz 
emas. Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir xil bo‗lgan, o‗zaro 
savdo qilayotgan mamlakatlar ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi 
kuchi, yer) bilan bir xil darajada ta‘minlanmaganligiga asoslanadi. 
Qiyosiy xarajatlar konsepsiyasiga asoslangan holda shved iqtisod-
chilari Xeksher va Olin bunday xarajatlar asosida 
nima yotishini tushuntirib berishga harakat 
qildilar. Ular savdo qilayotgan mamlakatlarda 
ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman 
o‗xshash bo‗lgan sharoitda xarajatlar darajasidagi 
farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan 
ta‘minlanligiga bog‗liq, deb xulosa qiladi. 
Xeksher-Olin tadqiqotida tashqi savdoda 
xarajatlari nafaqat tabiiy sharoitlardagi farq bilan
balki savdo ishtirokchilari ta‘minlangan har xil 
omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar 
ortiqcha, boshqa bir omillar yetishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi 
nisbatan yuqori, boshqa turdagi omillarning narxi nisbatan past. 
Omillarning narxi ularning kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis 
omillar – qimmat, ortiqcha omillar - arzon. Agar mamlakatda qandaydir 


301 
bir omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo‗lsa, masalan, arzon 
ishchi kuchi ko‗p bo‗lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni 
(to‗qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning 
savdosiga ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo‗lsa, unda 
bu mamlakatga kapital sig‗imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-
uskunalar) eksport qilish foydali hisoblanadi. 
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‗lgan Janubiy Koreya mehnat 
talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtomabil, kundalik turmush elektr 
asboblarini) eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to‗qimachilik 
mahsulotlarini eksport qilish qo‗l keladi. Shvetsiya po‗lati va metall 
mahsulotlarining raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib 
olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‗lat eritish xususiyatiga ega. 
Demak, 
Xeksher-Olinning 
tashqi 
savdo 
modeli 
asosida 
xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi 
yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv 
foydalanib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab 
chiqarish omillari tanqis bo‗lgan tovarlarni esa import qiladi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling