O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi fazada
- Uchinchi faza
Birinchi fazada – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy
etishda – yutuq eng avvalo, fan-texnika darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Ikkinchi o‗rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi tovarlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga o‗tishning eng qulay yo‗lini qidirib to‗ish hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik ko‗lamda olib borilishi tufayli kapital oxirgi o‗rinda qoladi. ―Mahsulotning hayotiy sikli‖ nazariyasiga ko‗ra yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish eng kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali ishchi kuchi to‗plangan rivojlangan mamlakatlarda amalga oshiriladi. Ikkinchi fazada ommaviy ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yiladi. Bunday ishlab chiqarish industrial baza quvvatiga, ishlab chiqarish strategiyasiga bog‗liq bo‗ladi. Bunda kapital va boshqaruv mehnati asosiy rol o‗ynaydi. Yuqori malakali mehnat esa, endi faqat texnologik ishlab chiqarishning muayyan sur‘atini ushlab turish vazifasini o‗taydi, o‗rta va past malakali ishchilar mehnati bilan birga ikkinchi o‗rinni egallaydi. Demak, fan-texnika jihatidan yetakchi bo‗lmagan, lekin ortiqcha kapitali ko‗p bo‗lgan o‗rtacha rivojlangan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarishning ikkinchi ―hayotiy sikli‖ davom etadi. Uchinchi faza uchun bir xil texnologik asosda mahsulotlarni ommaviy tarzda ishlab chiqarish xos. Malakasiz mehnat birinchi o‗ringa suriladi, u o‗z mavqeyini saqlab qolgan kapital bilan bir qatorda turadi. Olimlar, muhandislar va menejerlar mehnatining ahamiyati keskin pasayadi. 304 Bundan bu fazada mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, malakasiz ishchilar zaxirasi ko‗p bo‗lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ommaviy tus olishini ko‗rish mumkin. Keyinchalik mazkur mahsulotga talab, pasayadi, uning o‗rnini qoplovchi yangi mahsulot ishlab chiqarish fazasi qaytadan boshlanadi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling