Amaliy ekonometrik modellar
Download 369.41 Kb.
|
NAMUNA 5 - Kobb-Duglas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
- Korxona Q K L
- Ishni bajarish tartibi
- Данные > Анализ данных
- Xulosa
AMALIY EKONOMETRIK MODELLAR. (Tajriba ishi) Ishdan maqsad: Microsoft Excel dasturi yordamida Kobb-Duglas ishlab chiqarish modelini qurish, modelning parametrlarini talqin qilish, tadqiqot natijalari asosida prognoz qilish va qaror qabul qilish uchun foydalanishni o’rganish. Nazariy ma’lumotlar: Кobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi umumiy ko’rinishga ega: Bu erda Q - ishlab chiqarish hajmi, K - kapital xarajatlari, L – mehnat xarajatlari. , ko'rsatkichlari mos ravishda K kapital va L mehnat sarflari bo’yicha ishlab chiqarish xajmi Q ning xususiy elastiklik koeffitsientlari hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, kapitalning (ishchi kuchi) xarajatlari 1 foizga oshganida, ishlab chiqarish % ga ( %) oshadi. Tasodifiy xatoliklarning ta'sirini hisobga olgan holda biz quyidagi chiziqli bo'lmagan modelga ega bo’lamiz: Topshiriq: Quyidagi jadvalda 6 ta korxona bo’yicha shartli yalpi ishlab chiqarish Q, kapitalqo’yilmalar K va mehnat xarajatlari L keltirilgan:
1) Kobb-Duglas ishlab chiqarish funktsiyasini tuzing. Ishni bajarish tartibi: Berilgan ma’lumotlarni Microsoft Excel dasturiga kiritamiz: regressiya tenglamasining A, va parametrlarini topish uchun uni chiziqli shaklga keltirirish zarur. Buning uchun avvalo o’zgaruvchilar linearizatsiyalanadi. Amalda linearizatsiyalash tenglamaning har ikkala qismini logarifmlash orqali amalga oshiriladi: Logarifmlarning xossalaridan foydalanib tenglamani quyidagicha yozib olamiz: yoki: Qulaylik uchun quyidagicha belgilashlar kiritib olamiz: , , , . U holda regressiya tenglamamiz quyidagi ko’rinishga keladi: , larning qiymatini topib olamiz. Buning uchun Microsoft Excel dasturiy ta’minotining quyidagi funtsiyasidan foydalanamiz: =LN(число) Usbu funktsiya berilgan qiymatning natural logarifmini qaytaradi. , qiymatlari orqali regressiya tenglamasi parametrlarini topamiz. Buning uchun Microsoft Excel dasturining yuqori qismidagi Данные > Анализ данных menyusini tanlaymiz va quyidagi darcha paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan Регрессия menyusini tanlaymiz. Natijada quyidagi darcha paydo bo‘ladi: Ushbu darchadagi Входной интервал y maydoniga natijaviy belgi ma’lumotlari doirasini belgilab kiritamiz. Bizning misolda bu doira E2 dan E7 gacha. Xuddi shuningdek Входной интервал x maydoniga va omil belgilar ma’lumotlari doirasini belgilab kiritamiz. Bizning misolimizda bu doira F2 dan G7 gacha. Keyin OK tugmachasini bosamiz: Demak, regressiya tenglamasi: ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida , , , belgilashlarni kiritib olgan edik. Bundan A ni topamiz: Endi regressiya tenglamasining oldingi belgilariga qaytamiz: yoki Ushbu tenglamani logarifmlarning hossalariga asosan quyidagicha yozish mumkin: Linearizatsiyalashga teskari amaliyot – potentsiallashni amalga oshiramiz: Demak, Kobb-Duglas ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Xulosa: kapital xarajatlari (mehnat harajatlari) 1 foizga oshganida, ishlab chiqarish 0,049% ga (1,205%) oshadi. Mustaxkamlash uchun savollar: 1. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasining parametrlari qanday talqin qilinadi? 2. Linearizatsiyalash qanday amalga oshiriladi? 3. Logarifmlash uchun qansi funksiyadan foydalaniladi? Download 369.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling