O„zbekiston respublikasi


 J.B.Seyning iqtisodiy ta‟limoti


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

7.3. J.B.Seyning iqtisodiy ta‟limoti 
Yevropadagi ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda 
butun XIX asr davomida, ya‘ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm 
bilan o‗rin almashish davriga qadar, klassik maktab g‗oyalarining va 
konsepsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta‘limoti asos bo‗lib 
keldi. Shu ma‘noda Fransiyada A.Smit g‗oyalarini ancha izchil va ijodiy 
davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi.
U 1767-yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug‗ildi. Oilaviy 
tadbirkorlik an‘analarini davom ettirish uchun zarur bo‗lgan bilimni 
olish bilan birga J.B.Sey o‗z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy 
iqtisodni o‗rganish bilan shug‗ullandi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, 
u A.Smitning ―Odamlar boyligi‖ asariga asosiy e‘tibor qaratgan. Undagi 
g‗oyalarni ommaviylashtirish uning fikricha, Fransiya manfaatlariga 
ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. 
J.B.Sey hayotda har xil mashg‗ulot turlari bilan shug‗ullandi. U 
savdo kontorasida nazoratchi bo‗lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat 
qildi, nufuzli jurnal muharriri bo‗ldi, davlat muassasalarida ishladi. 
Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi 
tadqiqotidir. U o‗zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida 
A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun 
tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning 
yuksalishiga va xalq boyligini ko‗paytirishga to‗sqinlik qiluvchi ―man 
etuvchi tizim‖ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm 
to‗g‗risidagi g‗oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo‗jalik 
hayotini qayta qurishga aralashmasligi to‗g‗risidagi g‗oyaning amalga 
oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o‗sha davrdagi Fransiya 
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo‗lar edi.
Napoleon ―Traktat‖ bilan tanishib chiqqach, uning muallifini 
suhbatga chaqirgan va unga o‗z asarini tubdan qayta ishlashni taklif 
qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy ―sahnadan‖ ketishga 
majbur bo‗ldi. 
Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o‗zining xususiy ip yigirish 
fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni sotib, topgan puliga 
«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 
1814-yili chop etiladi, so‗ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 
1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko‗p 
tillarga tarjima qilindi. 


143 
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan 
o‗zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi 
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‗yicha o‗z asarlari ustida 
ishlashni davom ettirdi, ko‗plab leksiyalar o‗qidi va ularda iqtisodiy 
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini 
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy 
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va 
statistikaning ajralib chiqishini ma‘qulladi. 
«Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin 
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin 
raqobati va proteksionizmning har qanday ko‗rinishiga yo‗l qo‗ymaslik 
tamoyillarini qo‗llab-quvvatladi va ularni ko‗klarga ko‗tardi. Agar bu 
tamoyillar qo‗llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko‗ra ortiqcha ishlab 
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‗la iste‘mol qilmaslik ham 
bo‗lmaydi, ya‘ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib 
chiqmaydi. U bu g‗oyani rivojlantirib, o‗zining «bozor qonuni»ni 
yaratdi. U ―Sey qonuni‖ deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‗ra 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling