O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Amerika postkeynschilari
Postkeynschilik nazariyasining Amerika tarmog‗i Britaniya tarmog‗iga qaraganda kengroq yoyilgan, ammo uning elementlari ―oldindgi‖ iqtisodiyotning olg‗a surilgan mavzularidagi o‗zgaruvchilar sanaladi. Alfred Meixner megakorporatsiyalar, deb nomlagan firmalarning makroiqtisodiy tahlilini kengaytirdi va bu tahlil taqsimlanmagan foydadan ichki investitsiyalarning kelib chiqishini ko‗rsatdi. Shuning uchun investitsiya va jami ishlab chiqarilgan mahsulotni anglab yetishda zamonaviy korporatsiyalarni tushunish talab etiladi. Pol Davidson (1930- ) o‗zining Money and the Real World (Pul va real dunyo) nomli kitobida iqtisodiyotda pul tushunchasi ahamiyatini tushunib yetish makroiqtisodiyotning qay darajada ishlayotganini va neoklassik iqtisodiyot uning ahamiyatini ochib bera olmasligini tushunib yetishda markaziy o‗rinni egallashi keltirib o‗tilgan. Pulning postkeynschilik rolini shakllantirishda u o„zgarmas vaqt va haqiqiy noaniqlik mavjudligini ta‘kidlab o‗tib, bular ehtimoliy taqsimotni kamaytira olmasligini hamda shundan kelib chiqib, risk va aniqlik ekvivalentlarini ham o‗zgartira olmasligini ko‗rsatib o‗tdi. Iqtisodiyotning mana shunday ikki o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq xususiyatlari ―(1) pul, (2) pullik kelishuvlar va qonuniy majburlov tizimi, (3) og‗ir pullik ish haqi darajasi va (4) spot va forvard bozorlari singari o‗yin nazariyasi qonuniyatlari va aniq institutlarini 232 shaklantirishda kishilarga yo‗lboshchi‖ bo‗lib keladi. 47 Shu sababli institutlar makroiqtisodiyot tomonidan boshqariluvchi usullarni o‗zgartiradilar. Davidsonning qarashlari Human Minsky (1919- 1997)ning qarashlariga mos keladi. Human Minsky moliyaviy tizimni buzilish xavfi mavjud bo‗lgan ―kartochkalar uyi‖ga o‗xshatgan mashhur postkeynschi sanaladi. Postkeynschilikning iqtisodiy o‗sish nazariyasi metodologik masalalarga urg‗u beradi. U bozor iqtisodchilari yaqin paytlargacha statik masalalar iqtisodiy o‗sishning bir ko‗rinishi, deb kelgan bir paytda, iqtisodiy o‗sishni iqtisodiy jarayonlarning muhim ko‗rinishi sifatida ta‘kidlab o‗tdi. Masalan, Roy Xarrod va Evsey Domarning 1950-yillarda olib borgan iqtisodiy o‗sish nazariyalari bozor iqtisodiyotining fundamental qismi sanalar edi, lekin hozirgi kunda bu izlanishlar makroiqtisodiy darsliklarida kamdan kam hollarda uchramoqda. Buning o‗rniga yangi iqtisodiyotga oid kitoblarda barqaror, endogen iqtisodiy o‗sish ko‗rsatilmoqda. Bu qisman iqtisodiy beqarorlikning postkeynschilik qarashlariga mos tushadi, chunki Xarrod-Domar modeli iqtisodiyotda muvozanat holati ―o‗tkir pichoq‖ chegarasidagi rivojlanishni ko‗rsatishni aniqlab beradi. Umuman olib qaralganda postkeynschilik tatqiqotlarida model shakllanmagan sharoitlarda konseptualizatsiyaning o‗zgarmasligini ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi. Bunda asosiy tamoyil iqtisodiyotning barqaror bo‗lamsligiga qaratiladi; neoklassik nazariya ta‘kidlab o‗tganidek, bozorning ko‗rinmas qo‗llari yaxshi ishlamaydi. Bu esa postkeynschilar ortodoks nazariyachilariga qaraganda kapitalizmning muammolarini to‗g‗rilashda hukumat qarorlarining ahamiyatini kuchliroq bila olganligini anglatadi. Postkeynschilar o‗zlarining soliqlarga asoslangan daromad siyosatini (TIP) qo‗llash orqali ancha mashhur bo‗lib ketdilar. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling