Mavzu: Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari 4 (soat) reja


Download 76.56 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi76.56 Kb.
#1579082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Risklarni boshqarish


MAVZU:Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari 4 (soat)
REJA:
1. Bank riski tushunchasi va uning turlari.
2. Kredit riski va uni hisoblash yo‘llari.
3. Bank risklarini boshqarish masalalari.
4. Tijorat banki riskini baholashda aktivlar diversifikatsiyasining o‘rni.
5. Bank risklarini sug‘urtalash usullari.
6. Bank risklarini boshqarish asoslari va uni takomillashtirish
Tayanch so’zlar bank riski,kredit riski,riskni baholash,

Bank riski tushunchasi va uning turlari.
Bank faoliyatidagi risklar va ularga xos xususiyatlarni tadqiqqilishdan avval «risk» so’zining lug’aviy ma’nosi va risk kategoriyasiga aniqlik kiritish maqsadga muvofik sanaladi."Risk" so’zining etimologiyasi lotin tilidagi «rescum» - «dengizdagirisk», «xavf» so’ziga borib takaladi. «Risk- bu shunday narsaki, undan kochish lozim.»
Risk iqtisodiy faoliyatning eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma’noga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli tushuncha: shuning uchun bank faoliyatining samaradorligini oshirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning bank faoliyatiga ta’sir qilish tomonlarini chuqur o‘rganib chiqish zarur.Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy xodisalarda mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar salmog‘ini bildirgan. Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va sub’ektlar faoliyatida mustaxkam o‘rnashib olishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ham risklar bizni doimo har joyda o‘rab keladi. U bizning xayotimizda har doim ham qochib bo‘lmaydigan va echimi lozim bo‘lgan bir jarayon bo‘lib biror bir natijani yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchsizlikni,imkoniyatsizlikni, bir voqea bo‘lish bulmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak odatda undan qochishga harakat qilamiz. Chunki har qanday ishonchsizlik o‘ziga xos tarzda ma’lum darajadagi yo‘qotishlarni olib keladi.Biz xayotimizda riskning mavjudligini tan ola turib har bir harakatimizda riskni minimum darajaga tushirishga harakat qilamiz. Endi biz riskning tub moxiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak «risk» so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib , «suv ostidagi qoya» degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini bildiradi. “Risk” so‘zi Evropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida risiko so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, risicare so‘zi qoyadan mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Vobster lug‘atida risk-xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli deb ta’riflangan. Iqtisodchi E.S.Stoyanovaning “Moliyaviy menejment” kitobida “Risk-bu zararning paydo bo‘lishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi ehtimoli” deb ta’rif beradi. Graboviy.P.G, Petrova S.N.larning “Zamonaviy biznesda risk” kitobida ta’riflanishicha, “Risk deganda ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida korxona tomonidan o‘z resurslarini ma’lum qismidan ayrilish, foyda ololmaslik yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli”dir. Iqtisodchi Chaliy-Prilutskiy. V.A.ning “Bozor va risk” kitobida keltirilishicha: “Risk - bu tanlov sharoitida bajarilgan shunday faoliyatki, qachonki muvaffaqiyatsizlik sharoitida tanlov oldidagiga nisbatan og‘irroq sharoitga tushib qolish ehtimoli mavjud bo‘ladi”. Sh.Z.Abdullaevaning fikricha: risk va xavf-xatar alohida narsa, ya’ni risk bu iqtisod sub’ektining faoliyatidir va u tanlov bilan bog‘liq. Bu faoliyat sub’ektning xavf-xatar sharoitidagi tanloviga asosan amalga oshiriladi.


Download 76.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling