O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Klar Mitchel
(1874-1948) 258 bo‗lganligini va xudo dunyo uchun qanday rejalar tuzganligini aniq biladi‖ 58 deb eslaydi. U xolasi haqida yana shunday deydi: ―xolam mantiqiy qiyinchiliklarni yaxshi ko‗rishdan qutula olmagandi. U doim mantiqiy tuzilishga qaytib, men qiziqadigan moliyaviy faktlarni keltirardi‖ 59 . Iqtisodiy nazariyalar tarixini o‗rganishda u ma‘lum bir nazariyachilar so‗zlariga qiziqmadi. Lekin ba‘zi muammolarga boshqalar emas, aynan shu nazariyachilar qarshi chiqdi. Nega ular ma‘lum mulklarni hech qanday savolsiz qabul qildi va nega ularning zamondoshlari ular muhim, deb bilgan fikrlar va xulosalarni qabul qildi. Iqtisodiyot nazariyasi tarixida Mitchelning ishlari relativ pozitsiyaning eng yaxshisini namoyish qildi. U iqtisodiy nazariyani kengroq tushuntirdi va davr muammolariga o‗z munosabatni bildirdi. Bu munosabat ham uning biznesdagi ishini aniq ko‗rsatib berdi. U abstrakt mulkchilikda hech qanday davrlar nazariyasi topilmaganligini rad etdi va natijalar xulosa qilindi. U shuningdek, ortodoksal nazariyaning gedonistik psixologik taxminlariga e‘tiroz bildirdi, lekin Veblenning instikt nazariyalarini ham qabul qilmadi. U ijtimoiy fanlar rivojlanishini inson harakatlarini yaxshiroq tushuntirishi orqali tasdiqladi. Ularning tushuntirishi xatti- harakatlarni o‗rganuvchilar psixologiyasida amaliy o‗rin egalladi va ularning yo‗llaridagi turli xil bo‗limlarning ishlariga ko‗ra u inson xatti- harakatini o‗rganishda ko‗proq umumiy yondashishni qo‗llab- quvvatladi. Mitchel Veblenning moliyaviy va sanoat xizmatlari o‗rtasidagi farqni biznes davrlarini o‗rganishda uning yondashishini umumiy yo‗l ko‗rsatuvchi sifatida qabul qildi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar biznesga qarshi harakati orqali foydaning qiymati o‗zgarishining keng miqdorini tashkil qiladi. Chunki biznes to‗g‗risidagi fikrlarda ishonch va mavhumlik mavjud, biznes odamlarining investitsiya fikrlari doim kelajakka ham optimistik, ham pessimistik qarash natijasida paydo bo‗ladi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar iqtisodiyotdagi pul bilan 58 O„sha manbaa., p. 410. 59 O„sha manbaa. 259 bog‗liq tizimlar rivoji sifatida qabul qilinadi. Shu sababli ortodoksal nazariya bilan uning me‘yoriy, o‗zgarmas va muvozanat tushuncha asoslari mos kelmaydi. Mitchel biznes davrining yana bir boshqa modelini chizishga harakat qilmadi. U biznes davri mobaynida nimalar sodir bo‗lganligini tushuntirish o‗rniga bu davrni tasvirlovchi tahlillarni berishga harakat qildi. Chunki har bir davr noyob, umumiy nazariya rivojlanishi mumkinligi chegaralangan; hali barcha davrlar aniq o‗xshashlikka ega emas, chunki tushkunlik yangidan boshlash, rivojlanish va krizisning turli xil davrlari davomida barcha iqtisodiy kuchlarning o‗zaro ta‘sirini ko‗rsatib bergan edi. Mitcheldan oldingi olimlar bu davrni o‗zining yaratilishiga sabab bo‗lgan jarayon sifatida ko‗rgan bo‗lishiga qaramay, u birinchi bo‗lib bu tushunchaga mukammal shakl berdi va bu bilan keng amaliy ma‘lumotlarni himoya qildi. Uning bu davrni tushuntirishi qarama- qarshiliklardagi foydalar bosqichining o‗zgarishi asosida bo‗ldi. Mitchelning tahlillari natijalari matematik qiziqishlardan xoli bo‗lgan va ma‘lum ma‘noda Marshallnikiga o‗xshardi. Marshalning mikroiqtisodiy tahlillarida murakkab nazariy tub ma‘no yo‗qolgan, lekin ba‘zi o‗lchovlari hali ham mavjud, Mitchel nazariy ishlarining o‗lchami yo‗q, deb atagan. Keynesdan keyingi iqtisodchilar bu xatoni tushunishgan. Mitchel biznes davrlarini iqtisodiyotning qolgan davrlaridan alohida ko‗rib chiqish mumkin emasligiga ishonardi, u tizimning bo‗laklari asosida tizim yaratilishi, har bir bosqich keyingi bosqich davrida rivojlanishi, har bir avlodning iqtisodchilari yoshliklarida o‗rgangan biznes davrlari nazariyasi qayta taqsimlanishi sababini ko‗rib chiqadi 60 . 1920-yilda 45 yoshini qarshilagan Mitchel Iqtisodiy tadqiqotlar milliy buyurosini tashkil etdi. Bu shaxsiy foyda keltirmaydigan tuzilma Qo‗shma Shtatlardagi iqtisodiy tadqiqotlarni mablag‗ bilan ta‘minlashda juda muhim hisoblangan. Uning eng muhim yutug‗i, u miliy daromadni va biznes davri tadqiqotlari o‗lchovlarini o‗z ichiga oldi, shuningdek, u iqtisodiyotning deyarli barcha yo‗nalishlaridagi tadqiqotlarga homiylik qildi. Quyida biz uning talabalaridan biri Simon Kuznetsning ishlarida Mitchelning ba‘zi bevosita ta‘sirlarini ko‗rib chiqamiz, misol uchun, iqtisodchilarning ishlaridagi ba‘zi bilvosita ta‘sirlar abstrakt deduktiv modelni namoyish qilishga qaraganda iqtisodiy harakatlarni baholashga ko‗proq moyillik borligini bildiradi. 60 W C. Mitchell, Business Cycles (New York: Burt Franklin, 1913), p. 583. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling